Kamolov Shahzod Baxrom o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ingichka ichak tutilishini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1589.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Kozlov Yuriy Andreevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Shuhrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ingichka ichakning tug‘ma atreziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini eng maqbul diagnostika va jarrohlik usullarini tanlash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomilada ingichka ichak atreziyasining rivojlanishini ko‘rsatadigan muxim belgi poligidroamnioz ekanligi isbotlanib, bu o‘z navbatida me’da ichak tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash  yoki istisno qilish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi erta tashxisini talab qilishi asoslangan;
tug‘ruqxonalarda ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni olib borish taktikasida erta antenatal davrida diagnostika tadbirlarini o‘tkazish orqali ingichki ichak tug‘ma atreziyasini jarrog‘lik usuli bilan davolashning samarali ekanligi isbotlangan;
ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda  o‘lim sabablari gipotermiya, gipovolemiya, gipoglikemiya kabi omillar ekanligi isbotlanib, poliorgan etishmovchiligi sindromining rivojlanishi bilan izoxlab berilgan;
xomilada ingichka ichak atreziyasini rivojlanishi uchun antenatal va postnatal xavf omillarini bartaraf etishga qaratilgan tibbiy tadbirlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 2 maydagi 03/859-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 9 noyabrdagi 03/2355-sonli xati yuborilgan.): birinchi ilmiy yangilik: xomilada ingichka ichak atreziyasining rivojlanishini ko‘rsatadigan muxim belgi poligidroamnioz ekanligi isbotlanib, bu o‘z navbatida me’da ichak tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash  yoki istisno qilish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi erta tashxisini talab qilishi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 34-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.12.2022 yildagi 63-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish, poligidroamnioz belgisi kuzatilgan xomiladorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) poligidroamnioz belgisi xomiladorlik davrida oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan UTT orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) poligidroamnioz belgisini exosur’atda tashxislash uchun nafaqat akusher-ginekolog, balki bolalar jarroxi, neonatolog va pediatrlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi  isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayorlashni shart emasligi xisobiga  iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: poligidroamnioz belgisi isbotlangan xomilador ayollarda me’da ichak tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash  yoki istisno qilish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi erta tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ruqxonalarda ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni olib borish taktikasida erta antinotal davrida diagnostika tadbirlarini o‘tkazish orqali ingichki ichak tug‘ma atreziyasini jarrog‘lik usuli bilan davolashning samarali ekanligi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 34-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.12.2022 yildagi 63-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ingichka ichak atreziyasini ultratovush usuli bilan erta davrda to‘g‘ri antenatal tashxislash 53(47%) asoratlarni kamayishiga erishildi; ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni gospitalizatsiya qonun qoidalariga (enteral ovqatlantirmaslik, oshqozon zondi orqali dekompressiyani amalga oshirish, termoregulyasiyani saqlash, infuzion davoni qo‘llash) rioya qilgan xolda bir shifoxonadan ikkinchi bir shifoxonaga o‘tkazishda asoratlani oldini olishga erishildi; ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni birinchi sutkasida gospitalizatsiya qilish (73.5%) natijasida davolash sifati yaxshilandi; maxsuslashtirilgan bolalar xirurgik markazlarda ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ruqni amalga oshirishga erishildi 37(33%).  bosqichma bosqich gospitalizatsiya qilishda taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan xolda o‘tkazishda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 17,5 kundan 12,08 kungacha kungaqisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 210 ming so‘mga kamaytirdi (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni boshqarish taktikasida tashxislash  tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarni gospitalizatsiya paytida  yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar natijasi gipotermiya 21(18.9%), gipoglikemiya 28(24.7%), kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda  o‘lim sabablari gipotermiya, gipovolemiya, gipoglikemiya kabi omillar ekanligi, poliorgan etishmovchiligi sindromining rivojlanishi bilan izoxlab berilishi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 34-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.12.2022 yildagi 63-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni gospitalizatsiya vaqtida tana xaroratini 36.5 gradusdan yuqori ushlash transportirovka samaradorligini oshiradi; gipovolemiyani oldini olish maqsadida transportirovka qilinayotgan bemorni patologik  va fiziologik yo‘qotishlarini inobatga olib, sutkalik fiziologik sarfni aniqlash transportirovkani effektivligini oshiradi;  gipoglikemiya, ya’ni qonda qand miqdorini  2,6 mmol`/l dan pastga tushib ketishini oldini olish chora tadbirlari qo‘llash qo‘pol asoratlar kuzatilishini oldini oladi;  taklif etilgankompleks yondashuvdan foydalanish ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarnito‘g‘ri transportirovkasida ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 17,5 kundan 12,08 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirdi (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun(boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gastroenterologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda  o‘limga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xomilada ingichka ichak atreziyasini rivojlanishi uchun antenatal va postnatal xavf omillarini bartaraf etishga qaratilgan takomillashtirilgan tibbiy tadbirlar Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 34-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.12.2022 yildagi 63-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ingichka ichak atreziyasini ultratovush usuli bilan erta davrda antenatal tashxislash, ya’ni erta namayon bo‘ladigan exotasvirlardan- a) olib keluvchi ichak dilyatatsiyasi (2.5 sm dan yuqori) 113(100%), b) xomila oldi suvining miqdorini ortishi 89(78.7%), v) “giperexogen ichak” belgisi musbat 24(21.2%) kabi exobelgilar uchligi kuzatiladi; postnatal davr erta tashxisotlariga qorin bo‘shlig‘i umumiy rentgenogrammasi amalga oshirilgan 113(100%), rentgensur’at taxlilida qorin bo‘shlig‘i proeksiyasida ikki va undan ortiq “Kloyber kosachalarini mavjudligi” aniqlangan; qorin bo‘shlig‘i UTTda esa ichaklarning dilyatatsiyasi 2.5-3.0 sm oshib ketishi aniqlangan; taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;     bemorda qo‘shma nuqsonlarni tashxislash va qo‘shimcha tekshiruv usulidan – kontrastli irrigoramma tekshiruv usuli 24(21.2%) maqbul va samaraligigi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) antenatal davrda xomilador ayollarni samarali va bezarar tekshiruvlardan UTT o‘zi kifoya xisoblanib, iqtisod qilishga xizmat qiladi:   erta xomiladorlik davrining 12- va 18- xaftasida UTT va skrining tekshiruvlar o‘tkazildi; ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 24.5% kamatirish imkonini bergan; 2) postnatal davrdagi tez, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilishi hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi: mikroxo‘qna yordamida “shilliqli tiqin” ni 113(100%) bemorda aniqlandi va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi; qorin bo‘shlig‘i umumiy rentgenogrammasini 113(100%) bemorda qo‘llashda vaqtni tejab, samaradorlikni 87.6% ga oshirdi; Xulosa: tug‘ma ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilish xavfi bo‘lgan xomilador ayollarda va ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish