Yo‘lbarsova Mashxuraxon Vaxobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fosforitlarni nitrat kislota bilan parchalash va karbamid asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T638.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Nurmurodov To‘lqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforit namunalarini karbamid ishtirokida to‘liqsiz me’yordagi nitrat kislota bilan qayta ishlab yuqori sifatli samarali murakkab azot-fosforli o‘g‘itlar olishning texnologik asoslari va ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosforit namunalarini nitrat kilotaning to‘liqsiz me’yorida qayta ishlash va karbamid yordamida faollashtirish jarayoni asosida o‘g‘itlar tarkibidagi fosfor va kal`siy ozuqa elementlarining o‘simlik o‘zlashuvchan va suvda eruvchan shakllarga o‘tishi kislota me’yoriga va tuzning miqdoriga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan;
fosfatlarni to‘liqsiz me’yordagi nitrat kislota bilan parchalash mahsulotlari tarkibida karbamid miqdorini ortishi bilan sifatli o‘g‘itlar tarkibida kal`siy nitratning karbamidli kompleks tuzlar hosil bo‘lishi hisobiga ularning termik barqarorligi 40oSdan 155oSgacha o‘sib borishi isbotlangan;
azot-fosforli bo‘tqalarning reologik xossalarining maqbul ko‘rsatkichlarni saqlab turish uchun ulardagi karbamid miqdorini ortib borish bilan fosforitlarni nitrat kislota bilan parchalash jarayonida ishtirok etadigan qo‘shimcha suv (absorbsion suyuqlik) miqdorini 25% dan 15% gacha kamaytirib amalga oshirishligi aniqlangan;
yuqori karbonatli fosforitlarni karbamidning kislotali kompleks tuzlari faollashtirish xususiyatiga egaligi aniqlangan va ular asosida tarkibida to‘liq o‘zlashuvchan ozuqa moddalariga ega bo‘lgan nordon va sekin ta’sir etuvchi murakkab aralashmali o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy Markaziy Qizilqum fosforitlaridan yuqori sifatli murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosforitlarni to‘liqsiz me’yordagi nitrat kislota va karbamid bilan faollashtirish asosida sifatli murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 11 fevraldagi 01/3-668/P-son ma’lumotnomasi). Natijada tovar xossalari qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan sifatli konsentrlangan murakkab azotfosforkal`siyli o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
fosforitlarni to‘liqsiz me’yordagi nitrat kislota bilan qayta ishlash mahsulotlari va karbamid asosida sifatli murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «2020-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2019 yil 25 martdagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada fosfat xomashyosini kislota yordamida qayta ishlab qishloq xo‘jaligi uchun tovar xossalari yaxshilangan murakkab donador o‘g‘it olish imkonini beradi.