Djumayeva Kamola Tursunaliyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammadrasul Mirzo “Devon”ining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2820.
Ilmiy rahbar: Shukurov Otabek Ulashevich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor; Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammadrasul Mirzo bayozida qo‘llanilgan lug‘aviy birliklarning statistik, struktur-semantik va funksional-uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Devon”da qo‘llangan o‘zlashmalar miqdori turkiy so‘zlarga nisbatan ustun bo‘lgani, mazkur imkoniyat o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari an’analariga ergashish natijasida shakllangani, shuningdek, bu jarayon shoir qo‘llagan o‘z qatlam so‘zlarining shakliy-ma’noviy munosabatlari, uslubiy-emotsional xususiyatlari mukammalligini ta’minlash uchun asos bo‘lgani ochib berilgan; 
bayozdagi turkiy so‘zlar eng asosiy tushunchalarni atab kelishi barobarida o‘z atrofida arabiy-forsiy sinonimlarni birlashtirgani, o‘zlashma so‘zlardan miqdoran kam bo‘lsa-da, dominantlik imkoniyatiga egaligi, shu boisdan ham ularning uslubiy-funksional nufuzi arabiy va forsiy so‘zlardan ustun ekani isbotlangan; 
“Devon” leksikasidagi antroponimlar, toponimlar, harbiy atamalar, zoonimlar, teonimlar, musiqiy atamalar hamda kosmonimlar funksional-semantik xususiyatlarga ega bo‘lib, ular o‘z konnotativ ma’nosidan chekinishi hamda ma’no ko‘chishi barobarida obrazli tasviriy vositalar vazifasini bajargani dalillangan;
asar leksikasining funksional-uslubiy belgilari so‘zlarning semantik imkoniyatlarini, ya’ni ularning lingvopoetik mohiyatini aniqlashtirish vazifasini bajargan, natija hozirgi o‘zbek tilida obrazli o‘xshatishlar yaratishda eski o‘zbek tilining benihoya nozik semantik imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligi muayyanlashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Devon”ning leksik-semantik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
“Devon”da qo‘llangan o‘zlashmalar miqdori turkiy so‘zlarga nisbatan ustun bo‘lgani, mazkur imkoniyat o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari an’analariga ergashish natijasida shakllangani, shuningdek, bu jarayon shoir qo‘llagan o‘z qatlam so‘zlarining shakliy-ma’noviy munosabatlari, uslubiy-emotsional xususiyatlari mukammalligini ta’minlash uchun asos bo‘lgani ochib berilganiga doir xulosalaridan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath, leksikologiya va leksikografiya” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2022-yil 22-dekabrdagi 04/1-3506-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz matnlarning leksik qatlamlaridan foydalanish hozirgi o‘zbek tilining leksik qatlamlarini boyitishda muhim manba bo‘lishi haqidagi xulosaga kelingan;
bayozdagi turkiy so‘zlar eng asosiy tushunchalarni atab kelishi barobarida o‘z atrofida arabiy-forsiy sinonimlarni birlashtirgani, o‘zlashma so‘zlardan miqdoran kam bo‘lsa-da, dominantlik imkoniyatiga egaligi, shu boisdan ham ularning uslubiy-funksional nufuzi arabiy va forsiy so‘zlardan ustun ekani isbotlanganiga oid materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 04/1-4/7-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyiha materiallari o‘zlashmalarning yangi so‘z yasashi bilan bog‘liq xususiyatlari, ularning umumiy va izohli lug‘atlarda berilishiga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
 “Devon” leksikasidagi antroponimlar, toponimlar, harbiy atamalar, zoonimlar, teonimlar, musiqiy atamalar hamda kosmonimlar funksional-semantik xususiyatlarga ega bo‘lib, ular o‘z konnotativ ma’nosidan chekinishi hamda ma’no ko‘chishi barobarida obrazli tasviriy vositalar vazifasini bajargani dalillanganiga oid xulosalaridan foydalanish mumkinligi muayyanlashtirilganiga oid materiallaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “So‘zlar javohiri” ko‘rsatuvi hamda viloyat radiosining “Voha sadosi” eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-dekabrdagi 17-05-337-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish