Jumaniyazova Feruza Iskanderovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Koreys tilidagi fonetik interferensiya (o‘zlashgan otlar misolida)”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1598.
Ilmiy rahbar: Kim Natalya Dek-Xenovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Saodat Abdullayevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nazarova Shaxlo Baxtiyorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi koreys tiliga (한문) xitoy va (외래어) ingliz tillaridan o‘zlashgan ot turkumli so‘zlardagi fonetik interferensiya hodisasi ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreys tiliga xitoy tilidan o‘zlashgan otlar va barqaror birikmalar asosida yuzaga kelgan o‘zlashma leksikaning fonetik interferensiyasi, koreys tilidagi fonetik o‘zgarishlar va xususiyatlariga ko‘ra o‘zlashgan otlarning talaffuzida katta farq mavjudligi sababli ularni bartaraf etish usullarini izlab topish zarurligi isbotlangan;
koreys tilida xitoy tilidan o‘zlashgan otlar va barqaror birikmalar asosida o‘zlashma leksika fonetik interferensiyaning yuz berish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari asoslangan;
koreys tilining boshqa tillar bilan o‘zaro ta’siri va til aloqasi darajasiga ko‘ra fonetik interferensiya asoslanib, eksperimental-fonetik interferensiya darajasi tilning leksik tarkibi bilan belgilanishi ko‘rsatilgan;
koreys tilida unli (모음) va undosh (자음) tovushlarni transkripsiya qilishning koreys tilidagi fonetik usullari yordamida birliklarning tovush xususiyatlarini o‘rganish, matnlarni stilistik jihati orqali koreys tilining fonetik birliklarini tizimli tashkil etish va matnlarning stilistik farqlarini aniqlash variantlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koreys tilidagi fonetik interferension o‘zgarishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
koreys tilidagi fonetik o‘zgarishlar va xususiyatlar hamda o‘zlashgan otlarning talaffuzida katta farq mavjudligi, tovush yozuvini transkripsiya qilish usullari O‘zbekiston Koreys madaniy markazlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Madaniyat Markazlari Respublika uyushmasining 2022 yil 22 iyundagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriyaga koreys tilini o‘rgatishni muvaffaqiyatli amalga oshirishda koreys tili bo‘yicha qo‘llanma va tavsiyalarni ishlab chiqishga erishilgan;
koreys tilida xorijiy so‘zlarining faol o‘zlashtirilishini hisobga olgan holda koreys tilining fonetik tuzilishi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va tavsiyalarni ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan (“O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyati faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatining 2023 yil 6-yanvardagi 1-23/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi koreys tili fonetikasini o‘rganishda kelib chiqayotgan muammolarni aniqlash va leksik qatlamdagi o‘zlashgan so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzining ahamiyati va talaffuzda uchraydigan hatoliklarni bartaraf qilish bo‘yicha materiallar taqdim etilgan;
koreys tilida fonetik usullar yordamida birliklarning tovush xususiyatlarini o‘rganish, matnlarni stilistik jihatdan qiyosiy tahlil qilish usullari orqali koreys tilining fonetik birliklarini tizimli tashkil etish va matnlarning stilistik farqlarini aniqlashga doir dissertatsiya natijalaridan Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022 yil 14-sentyabrdagi 05-22/531-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning ko‘p tilli xalqlar madaniyati va tillarini o‘rganishga qiziquvchilar sonining ortishiga erishilgan.