Imomiddinova Nargiza Abduvaxidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Hozirgi xitoy tilidagi harbiy terminlar tadqiqi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1288.
Ilmiy rahbar: Dadaboyev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Akramdjan Abilyevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi xitoy tili harbiy terminlar tizimini sinxron, o‘rni bilan diaxron aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tili harbiy terminologiyasi asosan sinxron, o‘rni bilan diaxron aspektda ochib berilishi natijasida terminlarning tadrijiy voqelanish va rivojlanish asoslari, ularning miloddan avvalgi VI-V asrlardan hozirgi kunga qadar qo‘llanishda bo‘lgan faol qatlamlari aniqlangan;
harbiy terminlarning shakllanishi va taraqqiyot manbalari, rivojlanish qonuniyatlari asosida xitoy tilidagi soha terminologiyasining turli olimlar tomonidan taklif etilgan ishchi definisiyalari aniqlangan hamda harbiy terminologiyaga mualliflik ta’rifi keltirilgan;
hozirgi xitoy tili harbiy terminologiya tizimining boyishi va taraqqiy etishiga ekstralingvistik omillarning ta’sir ko‘rsatishsi asoslangan;
hozirgi xitoy tili harbiy terminlarining yasalishida kompozisiya usuli va qisqartmalarning ustuvorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi xitoy tili harbiy terminologiyasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
harbiy terminologiya qatlami va xitoy tilidagi termin yasalish masalalarini o‘rganish natijalaridan olingan xulosalardan PZ-20170927147 raqamli “Qadimiy turkiy yozuvlar va XIII asrgacha bo‘lgan folklor tadqiqi” (2018-2020) mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 15-noyabrdagi 04/1-3134-son ma’lumotnomasi). Jumladan, xitoy tili harbiy terminlarining voqelanish va rivojlanish asoslari aniqlanib, hozirgi xitoy tili harbiy terminlarining yasalishida mahsuldor bo‘lgan usullarning ustuvorligi dalillangan;
hozirgi xitoy tili harbiy terminologiyasining shakllanishi va taraqqiyotiga ekstralingvistik omillarning ta’siri haqidagi nazariy va analitik xulosalardan hozirgi xitoy tilidagi harbiy terminlar, ularning semantik ma’nolari, qo‘llanilishi, tarjima xususiyatlarini o‘rganishga oid tahliliy xulosalardan Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining ilmiy faoliyatida va dars jarayonida qo‘llanilgan (Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2022-yil 3-fevraldagi 20/22-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan materiallar harbiy terminlarni o‘rnida qo‘llash, to‘g‘ri tarjima qilish orqali o‘quvchilarga oson yetkazish, qolaversa, xitoy tilida turli leksik-mavzuiy guruhlarga kiruvchi harbiy terminlarni to‘g‘ri tushuntirishda xizmat qilgan;
hozirgi xitoy tilidagi harbiy terminlar, ularning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, tizimdagi asl xitoycha terminlar hamda o‘zlashmalar kabi masalalarga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2022-yil 28-fevraldagi 04-36-476-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar radio ijodkorlariga yaqindan ilmiy manba sifatida yordam berdi.