Ernazarov Azim Xudoyqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): G‘uzor bekligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.2.PhD/Tar496.
Ilmiy rahbar: Xasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboyevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Ochildiyev Fayzullo Bobokulovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida G‘uzor bekligining ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘uzor bekligining aynan XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida amirlikning muhim harbiy strategik, siyosiy, iqtisodiy tayanch markazi darajasiga ko‘tarilishiga shaharning himoya devorlari bilan o‘ralganligi, shaharning ichki va tashqi savdo markazi bo‘lganligi kabi omillar sabab bo‘lganligi dalillangan; 
G‘uzor bekligi hududidan o‘tgan, amirlik poytaxtini Afg‘oniston, Eron, Hindiston hamda uning Shahrisabz, Denov, Hisor kabi sharqiy hududlari bilan bog‘laydigan asosiy savdo yo‘llari Buxoro amirligi yo‘nalishlarining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotida katta o‘rin tutganligi yangi xaritalar orqali ko‘rsatib berilgan;
G‘uzor bekligining siyosiy ma’muriy hududiy bo‘linmalari, mansablari, 10 ta amloklik va 178 ta qishloq hamda manzillar aniqlashtirilib, Qushbegi arxivining I-126 fondidagi G‘uzor bekligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettiruvchi XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida G‘uzor bekligining ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy jarayonlari haqidagi ma’lumotlar muomalaga kiritilgan; 
tarixiy-geografik nuqtai nazardan turizmni rivojlantirishga qaratilgan G‘uzor vohasining joy nomlari, ziyoratgohlar, qadamjolari bo‘yicha loyihaviy grafik taklif loyihalari ishlab chiqilib, madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilmagan ziyoratgohlar va qadamjolar ham vohaning turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuni tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
G‘uzor bekligining aynan XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida amirlikning muhim harbiy strategik, siyosiy, iqtisodiy tayanch markazi darajasiga ko‘tarilishiga shaharning himoya devorlari bilan o‘ralganligi, shaharning ichki va tashqi savdo markazi bo‘lganligi kabi omillar sabab bo‘lganligi, G‘uzor bekligi hududidan o‘tgan, amirlik poytaxtini Afg‘oniston, Eron, Hindiston hamda uning Shahrisabz, Denov, Hisor kabi sharqiy hududlari bilan bog‘laydigan asosiy savdo yo‘llari Buxoro amirligi yo‘nalishlarining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotida katta o‘rin tutganligi yangi xaritalar orqali ko‘rsatib berilganligi xususidagi takliflar O‘zbekiston respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 7 fevraldagi 01-01/306-son ma’lumotnomasi). Natijada beklikning Buxoro amirligi sharqiy bekliklari bilan bog‘laydigan Afg‘oniston, Eron, Hindiston kabi asosiy yo‘llar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni hamda G‘uzor bekligining tarixiy muhitini saqlash va turizmni rivojlantirish imkonini bergan;
G‘uzor bekligining siyosiy ma’muriy hududiy bo‘linmalari, mansablari, 10 ta amloklik va 178 ta qishloq hamda manzillar, Qushbegi arxivining I-126 fondidagi G‘uzor bekligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettiruvchi XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida G‘uzor bekligining ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy jarayonlari, tarixiy-geografik nuqtai nazardan turizmni rivojlantirishga qaratilgan G‘uzor vohasining joy nomlari, ziyoratgohlar, qadamjolari bo‘yicha loyihaviy grafik taklif loyihalari ishlab chiqilib, madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilmagan ziyoratgohlar va qadamjolar ham vohaning turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 oktabrdagi 833-25-286-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar teletomoshabinlarga XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida G‘uzor bekligining tabiiy, tarixiy-geografik tavsifi va etnik jarayonlar, beklikning ma’muriy-hududiy tuzilishi, 10 ta amloklik va 178 ta qishloq hamda manzillar, tarixiy-me’moriy yodgorliklar, ziyoratgohlar va qadamjolar tarixini ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish