Hojiyev Zavqiddin Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini sotsiologik baholashning zamonaviy yondashuvlari», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S100.
Ilmiy rahbar: Matibayev Taspolat Baltabayevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor; Otamurodov Sarvar Sadullayevich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati samaradorligini sotsiologik baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xizmatchisining keng jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan aholining ijtimoiy kayfiyatini kichik guruhlarda sotsiometrik o‘lchash (guruhdagi jipslik va tarqoqlik, simpatiya va antipatiya, inkor etilgan) orqali ularning “xalq xizmatchisi” sifatidagi ijtimoiy mavqeining mustahkamlanishi asoslantirilgan;
davlat xizmatchilarini ishchanlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirib borishda kasbiy faoliyati va hordiq o‘rtasida (Work & life balance) zaruriy me’yorni sotsiologik baholash (kasbiy ijtimoiylashuv, diskurs, ijtimoiy tartib) tizimini yo‘lga qo‘yilishi orqali yo‘qotilgan aqliy va jismoniy zahiralarning qayta tiklanishiga, emotsional va kasbiy ko‘yishni oldini olishga erishilishi asoslantirilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat xizmatiga qabul qilinishida teng huquqqa ega bo‘lishini konstitusiyaviy jihatdan kafolatlash lozimligi asosida ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi asoslab berilgan;
davlat xizmatchilari faoliyatida rahbar va jamoa o‘rtasida integratsiya darajasini Laykert shkalasi bo‘yicha ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga yo‘naltirilgan sotsiologik o‘lchash mezonlari (jamoada boshqaruvga aloqadorlik hissi, rahbar va xodim o‘rtasida ishonch darajasining intensivligi, umumiy maqsadga erishishda jamoaviy identiklik hissi) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat xizmatchisi faoliyatini sotsiologik baholashning zamonaviy yondashuvlarini o‘rganish natijasida:
davlat xizmatchisining keng jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan aholining ijtimoiy kayfiyatini kichik guruhlarda sotsiometrik o‘lchash (guruhdagi jipslik va tarqoqlik, simpatiya va antipatiya, inkor etilgan) orqali ularning “xalq xizmatchisi” sifatidagi ijtimoiy mavqeining mustahkamlanishi asoslantirilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 2-bob (“Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari”) va 3-boblarni (“Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari”) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 16-yanvardagi DB73016773-sonli dalolatnomasi). Ushbu natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida davlat xizmatchilarida axloq-odob normalariga rioya qilishlari orqali yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi belgilab qo‘yildi. Bu esa jamoatchilik tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan hurmat va ishonchni oshirish kabi ijobiy fikrlarning rivojlanishiga va davlat fuqarolik xizmatining nufuzi oshishiga xizmat qiladi;
davlat xizmatchilarini ishchanlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirib borishda kasbiy faoliyati va hordiq o‘rtasida (Work & life balance) zaruriy me’yorni sotsiologik baholash (kasbiy ijtimoiylashuv, diskurs, ijtimoiy tartib) tizimini yo‘lga qo‘yilishi orqali yo‘qotilgan aqliy va jismoniy zahiralarning qayta tiklanishiga, emotsional va kasbiy ko‘yishni oldini olishga erishilishi asoslantirilganligiga oid takliflardan 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-sonli qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, ushbu qonunning 33-modda (“Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash”) va 36-modda (“Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash”) larida davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran to davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishigacha bo‘lgan jarayonda faoliyat samaradorligini baholab borilishi belgilab qo‘yildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasining 2023-yil 14-yanvardagi 4-sonli dalolatnomasi). Ushbu natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini baholash usulini tanlashda davlat organining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish, tegishli mezonlar va ijtimoiy so‘rovlar asosida baholash orqali yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat xizmatiga qabul qilinishida teng huquqqa ega bo‘lishini konstitusiyaviy jihatdan kafolatlash lozimligi asosida ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi asoslab berilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi yangi loyihasining 37-moddasini “O‘zbekiston fuqarolari davlat xizmatiga qabul qilinishda teng huquqqa ega” shaklida tahrirlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi 01/01-249-sonli dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat xizmatiga kirishda teng huquqliligini ta’minlashga va uni Konstitusiyaviy kafolatlanishiga xizmat qiladi.
davlat xizmatchilari faoliyatida rahbar va jamoa o‘rtasida integratsiya darajasini Laykert shkalasi bo‘yicha ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga yo‘naltirilgan sotsiologik o‘lchash mezonlari (jamoada boshqaruvga aloqadorlik hissi, rahbar va xodim o‘rtasida ishonch darajasining intensivligi, umumiy maqsadga erishishda jamoaviy identiklik hissi) ishlab chiqilganligiga oid takliflardan “Yoshlar davlat xizmatida ishlashi haqida” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot dasturi va anketasidan metodologik tavsiya, qiyosiy statistik ma’lumot sifatida foydalanildi (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2022-yil 1-dekabrdagi 01-16/269-son dalolatnomasi). Natijada, davlat xizmatchisi faoliyatini baholash jarayonida xizmatchining professional faoliyatiga, shaxsiy va ishchanlik sifatlariga baho berish orqali uning faol samaradorligini monitoring qilib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish