Otamurodova Mukarram Boturali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jahon medialandshaftida so‘z erkinligiga yangi yondashuvlar va ularning milliy mass-mediaga integratsiyalashuvi», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2012.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Nazira Qurbonovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stmuxammedov Xurshid, filologiya fanlari doktori, professor; Matyakubov Alisher, filologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon medialandshaftida so‘z erkinligiga yangi yondashuvlar va ularning milliy mass-mediaga integratsiyalashuvi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
so‘z erkinligi huquqi, uning xalqaro media makonda axborot almashinuviga ta’siri, oddiy insoniy ehtiyojdan kommunikatsion zarurat va fundamental huquq darajasigacha ko‘tarilishini ta’minlagan omillar asosida zamonaviy axboriy jamiyatda unga global huquq sifatida yondashuv shakllangani dalillangan.   
global medialandshaftda jamiyat ochiqligining asosiy mezonlaridan biri bo‘lgan so‘z erkinligining ta’minlanganlik darajasini aniqlashda matbuot erkinligi, media erkinligi, media plyuralizm, jurnalistlar xavfsizligi va gender tengligi kabi indikatorlar qo‘llanilayotgani isbotlangan;   
so‘z va matbuot erkinligi reytinglarini e’lon qiluvchi xalqaro tashkilotlar tomonidan ma’lumot yig‘ish, muhokama qilish, saralash, baho berish bosqichlarida qo‘llanilgan metodlarda sub’ektiv yondashuv belgilari, qiyosiy tahlilning etarli emasligi va diskurs analizda bir mutaxassis fikriga tayanilishi kabi kamchiliklar mavjudligi aniqlangan;
xalqaro so‘z va matbuot erkinligi indekslarida OAV infratuzilmasi, huquqiy himoyasi va axborot ochiqligi kabi yo‘nalishlarda axborot uzatish qamrovi va tezligining pastligi, media vakillariga nisbatan huquqiy xavflarning yuqoriligi hamda ma’lumot izlash, olish va tarqatishda cheklovlarning bartaraf etilmagani kabi kamchiliklar aniqlanib, ularni ijobiy hal qilish va to‘g‘ri axborot siyosatini olib borishga erishishda davlat tashkilotlari va OAV o‘rtasidagi munosabatlar shaffofligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.  Jahon medialandshaftida so‘z erkinligiga yangi yondashuvlar va ularning milliy mass-mediaga integratsiyalashuvi borasidagi xulosa va amaliy takliflar asosida:
so‘z erkinligi huquqi, uning xalqaro media makonda axborot almashinuviga ta’sirini o‘rganish va oddiy insoniy ehtiyojdan kommunikatsion zarurat va fundamental huquq darajasigacha ko‘tarilishini ta’millagan omillarni xronologik tahlil qilish orqali olingan xulosalar va zamonaviy axboriy jamiyat uni global huquq sifatida qo‘llay boshlagani borasidagi izlanish hamda global medialandshaftda jamiyat ochiqligining asosiy mezonlaridan biri sifatida ilgari surilgan so‘z erkinligining ta’minlanganlik darajasini aniqlashda matbuot erkinligi, media erkinligi, media plyuralizm, jurnalistlar xavfsizligi va gender tengligi kabi indikatorlar qo‘llanayotganini aniqlash maqsadida olib borilgan izanishlar natijalarini tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan tavsiyalardan “Xalq so‘zi” – “Narodnoe slova” qo‘shma tahririyatlari faoliyatida joriy qilingan (“Xalq so‘zi” – “Narodnoe slova” qo‘shma tahririyatlarining 2023 yil 9 martdagi 19-son ma’lumotnomasi).  Natijada, tadqiqot tahririyat xodimlarining jurnalistik faoliyat davrida ichki senzurani engish bo‘yicha yangi  bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
so‘z va matbuot erkinligi reytinglarini e’lon qiluvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini qiyosiy o‘rganish va ular tomonidan ma’lumot yig‘ish, muhokama qilish, saralash, baho berish bosqichlarida qo‘llanilgan metodlarda sub’ektiv yondashuv belgilari, qiyosiy tahlilning etarli emasligi va diskurs analizda bir mutaxassis fikriga tayanilishi kabi kamchiliklar mavjudligini aniqlash, xalqaro so‘z va matbuot erkinligi indekslarida OAV infratuzilmasi, huquqiy himoyasi va axborot ochiqligi kabi yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida axborot uzatish qamrovi va tezligining pastligi, media vakillariga nisbatan huquqiy xavflarning yuqoriligi hamda ma’lumot izlash, olish va tarqatishda cheklovlarning bartaraf etilmagani kabi kamchiliklarni aniqlash natijasida olingan xulosalar O‘zbekiston Axborot Agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Axborot Agentligining 2023 yil 25 yanvardagi 01-23\58-son ma’lumotnomasi). Natijada, jurnalistlarning so‘z va matbuot erkinligi reytinglari haqidagi bilimlarini oshirish va tashkilot tomonidan jurnalistlar xavfsizligini ta’minlash, raqamli huquqlar, ulardan foydalanish va himoyasini amalga oshirish borasida bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda asos qilib olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish