Usmonqulov Sherzod Usmonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped430. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. 
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; To‘rayev Botir Zokirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi mazmuni va tarkibiy qismlari kurslar ichida mazmunli optimallashuvni ta’minlovchi texnologik-loyihaviy komponentni eksperimental jarayonda gorizontal integrasiyalashuv darajasiga ko‘ra maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning integrativ yondashuv asosida kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish bosqichlari ijtimoiy-fundamental, maxsus-ixtisoslik va uslubiy-texnologik kabi bosqichlarni aralash ta’limning qayta aloqali muhitida didaktik topshiriqlar adaptivlashuvini differensial ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish usullari grafikli topshiriqlarni pedagogik dasturlarda qayta ishlashga o‘rgatuvchi ish turlarini talabalarning akademik faoliyat trayektoriyasida produktiv-dizaynli darajada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv orqali bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida kasbiy-pedagogik kompetentlikning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari axborotni kasbiy tahrirlashga intensiv tayyorlovchi pragmatik mashqlarni tezkor-prognostik o‘quv muhitida individual-refleksiyada aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining gumanitar, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy o‘quv kurslari integratsiyasida kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantrish bo‘yicha ishlab chiqilgan innovatsion metodik tizim, metodika hamda uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi mazmuni va tarkibiy qismlari kurslar ichida mazmunli optimallashuvni ta’minlovchi texnologik-loyihaviy komponentni eksperimental jarayonda gorizontal integrasiyalashuv darajasiga ko‘ra maqbullashtirish bo‘yicha takliflar “OT-Atex-2018-519 raqamli” “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” amaliy loyihasida ishlatilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 27-dekabrdagi 02-07-4735/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini axborot texnologiyalariga oid fanlarni kasbga yo‘naltirilgan o‘qitish bo‘yicha yuksak kasbiy-pedagogik kompetentligini yuqori darajaga olib chiqilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning integrativ yondashuv asosida kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish bosqichlari ijtimoiy-fundamental, maxsus-ixtisoslik va uslubiy-texnologik kabi bosqichlarni aralash ta’limning qayta aloqali muhitida didaktik topshiriqlar adaptivlashuvini differensial ta’minlash bo‘yicha takliflar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Algoritmlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr guvoxnomasi). Natijada informatika o‘qitish metodikasi sohasi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining mutaxassislikka oid kasbiy-pedagogik kompetentligini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish usullari grafikli topshiriqlarni pedagogik dasturlarda qayta ishlashga o‘rgatuvchi ish turlarini talabalarning akademik faoliyat trayektoriyasida produktiv-dizaynli darajada qo‘llashga oid takliflaridan “OT-Atex-2018-519 raqamli” “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” amaliy loyihasida ishlatilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 27-dekabrdagi 02-07-4735/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish