Irgasheva Feruza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nemis tilidan o‘zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2759.
Ilmiy rahbar: Adizova Obodon Istamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedov Anvar Botirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis badiiy asarlaridagi lingvokulteremalarning milliy-madaniy, leksik-semantik, stilistik xususiyatlarini aniqlash, ularning o‘zbek tiliga tarjima masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nemis badiiy asarlaridan o‘zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasida semantik kalka, frazeologik kalka, generalizatsiya kabi leksik; permutatsiya, substitusiya, addisiya, adyunksiya kabi grammatik; antonomik, eksplikatsiya, kompensatsiya kabi sintaktik transformatsiya usullarining funksional samaradorligi asoslangan;
sharq va g‘arb milliy-madaniy, mental voqeligi uyg‘unligini ta’minlashda har bir millatga xos mental xususiyatlarni, tarixiy-ijtimoiy turmush tarzi, dunyoqarashi; asar qahramonlarining ismi (antroponimlar), kasb-hunar nomlari (professionalizmlar), urf-odat, o‘tmishga aloqador arxaizm va istorizmlar, toponimlar kabi lingvokulteramalarni ifoda etuvchi so‘zlar tarjimasida matnga xos bo‘lgan intertekstuallik, kontekstual vaziyat, uslub, shakl va ma’no mutanosibligi strategiyalarining birlamchi qiymat kasb etishi isbotlangan;
zamonaviy nemis asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida lingvokulteramalarning ifodalanishiga xos lingvokulturologik xususiyatlari, ularning leksik-semantik maydonidagi yadroviy va periferik ifodalari universal hamda milliy-madaniy jihatdan farqlanishida gender, stilistik, sinonimik va antonimik jihatlarining ustivorligi dalillangan;
nemis tili asarlaridagi lingvokulteremalar tarixiy-genetik, madaniy-estetik tomondan tadqiq qilinishi natijasida ularning janriy tabiatidagi, motivlar strukturasidagi hamda obrazlar tizimidagi umuminsoniy qarashlar bilan bog‘liq mushtarak hamda milliy mentalitetga aloqador farqli jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilidan o‘zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nemis badiiy asarlarining o‘zbekcha tarjimalarida lingvokulturemalar semantik kalka, frazeologik kalka, generalizatsiya kabi leksik; permutatsiya, substitusiya, addisiya, adyunksiya kabi grammatik; antonomik, eksplikatsiya, kompensatsiya kabi sintaktik transformatsiya usullarining funksionallik samaradorligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-iyundagi 17.01/188-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbekcha badiiy matnlarning asliyatdan tarjima qilinishi bilan bog‘liq muammolar qiyosiy aspektda o‘rganilib, tarjimon mahoratini aniqlashga xizmat qilgan;
sharq va g‘arb milliy-madaniy, mental voqeligi uyg‘unligini ta’minlashda har bir millatga xos mental xususiyatlarni, tarixiy-ijtimoiy turmush tarzi, dunyoqarashi; asar qahramonlarining ismi (antroponimlar), kasb-hunar nomlari (professionalizmlar), urf-odat, o‘tmishga aloqador arxaizm va istorizmlar, toponimlar kabi lingvokulteramalar ifoda etuvchi so‘zlar tarjimasida matnga xos bo‘lgan intertekstuallik, kontekstual vaziyat, uslub, shakl va ma’no mutanosibligi strategiyalarining birlamchi qiymat kasb oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 8-oktyabrdagi 2822/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan tarjimashunoslik asoslarini, tarjima nazariyasi va amaliyotini modernizatsiya qilish, ta’lim jarayonlarini mustahkamlash va baynalmilallashtirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklarni yaratishda yangicha yondashuv asosi sifatida foydalanishga erishilgan;
zamonaviy nemis asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida lingvokulteramalarning ifodalanishiga xos lingvokulturologik xususiyatlari, ularning leksik-semantik maydonidagi yadroviy va periferik ifodalari universal hamda milliy-madaniy jihatdan farqlanishida, gender, stilistik, sinonimik va antonimik jihatlarining ustivorligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Najot bilimda”, “Assalom, Buxoro” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-noyabrdagi №1/309-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda o‘zbek adabiyotining nemis adabiyoti konteksti bilan bog‘liqligi, uning ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati ochilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish