Nasimova Zarina Isomiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4370. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish jarayoni shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarni shakllantirish bosqichlarini didaktik integratsiyalash hamda tashkiliy-funksional imkoniyatlarini divergent va konvergent tafakkur shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyatning frontal, individual topshiriqlar integratsiyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sifat ko‘rsatkichlari dinamikligiga proporsional bog‘liqligini aniqlash va didaktik ta’sir imkoniyatlariga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modeli taqdim etilgan o‘quv materiallarini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlariga mos o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vektorli faoliyat traektoriyasini ta’limiy maqsadga variativ muvofiqlashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish mezonlari o‘quv materiallarini plyuralistik qarashlar orqali o‘zlashtirish, shaxs refleksivligini uning individual ehtiyojlariga vektorli yo‘naltirish hamda tahliliy tafakkurning kommunikativ va produktiv darajasini tadrijiy rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish jarayoni shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarni shakllantirish bosqichlarini didaktik integratsiyalash hamda tashkiliy-funksional imkoniyatlarini divergent va konvergent tafakkur shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-126 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida innovatsion ta’lim sharoitida talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni yaratilgan.
talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyatning frontal, individual topshiriqlar integratsiyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sifat ko‘rsatkichlari dinamikligiga proporsional bog‘liqligini aniqlash va didaktik ta’sir imkoniyatlariga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-126 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tanqidiy fikrlashini divident va konvergent tafakkur shakllarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish samaradorli oshgan. 
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modeli taqdim etilgan o‘quv materiallarini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlariga mos o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vektorli faoliyat traektoriyasini ta’limiy maqsadga variativ muvofiqlashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-126 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning innovatsion ta’lim sharoitida tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish mezonlari o‘quv materiallarini plyuralistik qarashlar orqali o‘zlashtirish, shaxs refleksivligini uning individual ehtiyojlariga vektorli yo‘naltirish hamda tahliliy tafakkurning kommunikativ va produktiv darajasini tadrijiy rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-126 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tanqidiy fikrlashini innovatsion ta’lim sharoitida rivojlantirish mexanizmlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish