Mirkasimova Madina Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nofilologik ta’lim yo‘nalishdagi talabalarning umummadaniy kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped578.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini umummadaniy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasini aniqlash, madaniyatlararo muloqotga kirishish layoqati bilan bog‘liq aksiologik-affektiv, kognitiv-kommunikativ faollikka yo‘naltirilgan lingvistik komponentning ustuvorlik kasb etishini barqaror hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik xususiyatlari professional faoliyat sohasidagi milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni komparavistik tahlil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarni o‘zlashtirish va matnlar tuzishga yo‘naltirilgan o‘quv-bilish faoliyatining individualligi va personifikatsiyasi yaxlitligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi xorijiy tillarni kasbiy sohaga yo‘naltirishga qaratilgan shaxsiy-faoliyatli yondashuvning didaktik imkoniyatlarini adekvat baholash hamda pragmatizm, madaniy dialog, subyektivlik, funksionallik tamoyillarining qayta aloqaga kirishish intensivligiga progressiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish modeli texnologik blok o‘quv loyihasi, mini debat, Barcamp, ishbilarmonlik o‘yini, onlayn viktorina, SWOT tahlil, POPS formulasi, “Qarorlar daraxti” kabi integrativ o‘qitishga yo‘naltirilgan kontekstli va tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyalarini didaktik mazmunga ko‘ra bosqichma-bosqich loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining umummadaniy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasini aniqlash, madaniyatlararo muloqotga kirishish layoqati bilan bog‘liq aksiologik-affektiv, kognitiv-kommunikativ faollikka yo‘naltirilgan lingvistik komponentning ustuvorlik kasb etishini barqaror hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “ESP PART I” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-110-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik xususiyatlari professional faoliyat sohasidagi milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni komparavistik tahlil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarni o‘zlashtirish va matnlar tuzishga yo‘naltirilgan o‘quv-bilish faoliyatining individualligi va personifikatsiyasi yaxlitligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “O‘qish va yozuv” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0394-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida xorijiy tillarni o‘qitishda umummadaniy kompetensiyaga doir o‘quv materiallaridan foydalanish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi xorijiy tillarni kasbiy sohaga yo‘naltirishga qaratilgan shaxsiy-faoliyatli yondashuvning didaktik imkoniyatlarini adekvat baholash hamda pragmatizm, madaniy dialog, subyektivlik, funksionallik tamoyillarining qayta aloqaga kirishish intesivligiga progressiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “ESP PART I” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-110-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
talabalarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirish modeli texnologik blok o‘quv loyihasi, mini debat, Barcamp, ishbilarmonlik o‘yini, onlayn viktorina, SWOT tahlil, POPS formulasi, “Qarorlar daraxti” kabi integrativ o‘qitishga yo‘naltirilgan kontekstli va tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyalarini didaktik mazmunga ko‘ra bosqichma-bosqich loyihalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “O‘qish va yozuv” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0394-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida xorijiy tillarni o‘qitishda umummadaniy kompetensiyaga doir o‘quv materiallaridan foydalanishga sharoit yaratilgan.