Xasanova Dilbar Karimdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish (Dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi misolida)», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2756. 
Ilmiy rahbar: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalarining dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va diniy-ma’rifiy dunyoqarash tamoyillariga mos ravishda dinshunoslikka oid terminlar semantikasini qiyosiy tahlil qilish hamda shaxsga yo‘naltirilgan individual ta’lim istiqbolli maqsadlarini bosqichma-bosqich insonparvarlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi didaktik muhitning aksiologik-tasniflovchi, mazmunli-texnologik funksiyalar idientivligini tahliliy aniqlash, hodisalarga nisbatan o‘z shaxsiy fikrlariga ega bo‘lish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dinning ezgulik mohiyatini anglash hamda tolerant munosabat va hamdardlik tuyg‘usini izchil shakllantirish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan kontentga asoslangan interfaol-demonstratsion o‘yinlarni jamoa bo‘lib ishlash va tanqidiy fikrlashga ustuvorlik berish, muammoning prototip yechimini ishlab chiqish hamda ijodiy va amaliy harakatlar yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish mezonlari interaktiv mashqlarni samarali o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan prezentatsiyaviy nutq madaniyati, autentik materiallar bilan ishlash mahorati, tilning madaniyatlararo va lingvomadaniy jihatini mustaqil egallay olish ko‘nikmalarini rivojlatirishning tipik indikatorlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish (Dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va diniy-ma’rifiy dunyoqarash tamoyillariga mos ravishda dinshunoslikka oid terminlar semantikasini qiyosiy tahlil qilish hamda shaxsga yo‘naltirilgan individual ta’lim istiqbolli maqsadlarini bosqichma-bosqich insonparvarlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English course manual (for year 3 studens of Religious Studies direction)”nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-218 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy sifatlarini oshirishning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi didaktik muhitning aksiologik-tasniflovchi, mazmunli-texnologik funksiyalar idientivligini tahliliy aniqlash, hodisalarga nisbatan o‘z shaxsiy fikrlariga ega bo‘lish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dinning ezgulik mohiyatini anglash hamda tolerant munosabat va hamdardlik tuyg‘usini izchil shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English Course Book” (for the studens of History of Islam and source studies specialization) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 320-0130 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada shaxsga yo‘naltirilgan individual ta’limni umumta’limiy maqsadlarga bog‘lash asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan; 
talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan kontentga asoslangan interfaol-demonstratsion o‘yinlarni jamoa bo‘lib ishlash va tanqidiy fikrlashga ustuvorlik berish, muammoning prototip yechimini ishlab chiqish hamda ijodiy va amaliy harakatlar yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English course manual (for year 3 studens of Religious Studies direction)” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-218 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda kasbiy sifatlarini rivojlantirishni didaktik imokniyatlarini kengaytirishga sharoit yaratilgan.
talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish mezonlari interaktiv mashqlarni samarali o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan prezentatsiyaviy nutq madaniyati, autentik materiallar bilan ishlash mahorati, tilning madaniyatlararo va lingvomadaniy jihatini mustaqil egallay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishning tipik indikatorlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English Course Book” (for the studens of History of Islam and source studies specialization) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 320-0130 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda kasbiy sifatlarning rivojlantirish samaradorligini aniqlashga qaratilgan samarali mezonlarni aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish