Raximova E’tibor Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir muloqotidagi psixologik qiyinchiliklar diagnostikasi va korreksiyasi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P421.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; G‘oyibova Nargiza Anorboevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlik davrida muloqotdagi qiyinshiliklarni tashxis qilish va bartaraf etishning psixologik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab shiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida kommunikativ ko‘nikmalarni diagnostika qilinishiga ko‘ra, suhbatdoshni tushunish, shaxs o‘zini o‘zi idrok qilishi, aloqa jarayonida refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi ochiqlik va shaxsiy chegarani yaratish bilan uyg‘unlashish orqali muloqotdagi qiyinchiliklarni mazmuniy-instrumental komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
muloqotdagi qiyinchiliklarni shakllanishiga hissiy sohani ta’sirini tadqiq etish natijasida xulq-atvordagi xavotirlanish, agressivlik, aybdorlik, tengdoshlari bilan aloqa o‘rnata olmaslik, o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan noqulaylik, emotsional empatiya, yolg‘izlik hissini barqaror rivojlanishi “emotsional xayrihohlik” indikatorini kuchaytirganligi sababli o‘smirlarda “muloqotdagi to‘siqlar”ni shakllanishi dalillangan;
o‘smirlik davrida muloqot malakalarini rivojlantirish uchun o‘zaro munosabatlardagi shaxsiy psixologik to‘siqlarni ijtimoiy persepsiyaning empatiya omilining ustuvorligi orqali mo‘tadillashtirish natijasida kommunikativ-refleksiv sohani barqarorlashishi asoslangan; 
o‘smirlik davrida muloqotdagi qiyinliklarni bartaraf qilish uchun insoniy munosabatlarda kommunikativ faoliyatni kuchaytirish, shaxslararo o‘zaro aloqani yaxshilash, shaxsiy, mazmuniy, instrumental, refleksiv komponentlarni rivojlanishiga asoslanib, kommunikativ-xulq-atvor sohasiga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir muloqotidagi psixologik qiyinchiliklar diagnostikasi va korreksiyasiga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘smirlik davrida kommunikativ ko‘nikmalarni diagnostika qilinishiga ko‘ra, suhbatdoshni tushunish, shaxs o‘zini o‘zi idrok qilishi, aloqa jarayonida refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi ochiqlik va shaxsiy chegarani yaratish bilan uyg‘unlashish orqali muloqotdagi qiyinchiliklarni mazmuniy-instrumental komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-10-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 apreldagi PM-10-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida kommunikativ ko‘nikmalarni diagnostika qilish orqali muloqotdagi qiyinchiliklarni ustuvor komponentlarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
muloqotdagi qiyinchiliklarni shakllanishiga hissiy sohani ta’sirini tadqiq etish natijasida xulq-atvordagi xavotirlanish, agressivlik, aybdorlik, tengdoshlari bilan aloqa o‘rnata olmaslik, o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan noqulaylik, emotsional empatiya, yolg‘izlik hissini barqaror rivojlanishi “emotsional xayrihohlik” indikatorini kuchaytirganligi sababli o‘smirlarda “muloqotdagi to‘siqlar”ni shakllanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-10-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 apreldagi PM-10-m-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqotdagi qiyinchiliklarni namoyon bo‘lishiga hissiy sohani tadqiq etish natijasida o‘smir “muloqotidagi to‘siqlarni” o‘rganishga sharoit yaratilgan;
o‘smirlik davrida muloqot malakalarini rivojlantirish uchun o‘zaro munosabatlardagi shaxsiy psixologik to‘siqlarni ijtimoiy persepsiyaning empatiya omilining ustuvorligi orqali mo‘tadillashtirish natijasida kommunikativ-refleksiv sohani barqarorlashishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-10-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 apreldagi PM-10-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida muloqot malakalarini rivojlantirishda shaxsiy-psixologik to‘siqlarning ta’sirini asoslashga erishilgan; 
o‘smirlik davrida muloqotdagi qiyinliklarni bartaraf qilish uchun insoniy munosabatlarda kommunikativ faoliyatni kuchaytirish, shaxslararo o‘zaro aloqani yaxshilash, shaxsiy, mazmuniy, instrumental, refleksiv komponentlarni rivojlanishiga asoslanib, kommunikativ-xulq-atvor sohasiga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-10-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 apreldagi PM-10-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida muloqot jarayonidagi xulq-atvor xususiyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi psixokorreksion modelni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish