Sobirov Abdulaziz Abduroziqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sportchilarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik psixologik omillari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P473.
Ilmiy rahbar: Qarshieva Dilafro‘z Suyunovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ahrorov Voris Yunusovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sportchilar psixologik salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvshi pedagogik-psixologik omillarni aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarning shaxslilik xususiyatlariga ko‘ra affilatsiya motivlari negizida «depressivlik», «obssesiv-kompulsivlik»ning kuchayishi «xavotirlik», «somatizatsiya»ning susayishiga olib kelganligi tufayli «agressiya», «xavotirlik», «o‘z-o‘zini ichki chegaralash» kabi pedagogik-psixologik omillarni ta’sirining ustutuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
sportchilarda «konstruktiv egoizm» xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra nizoli va ekstremal vaziyatlardagi qiyinchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish tendensiyasining emotsional intellekt bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli «inkor etish», «siqib chiqarish», «kompensatsiya», «kognitivlik», «giperkompensatsiya» psixologik himoya mexanizmining dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlangan;
sportchi talabalarda psixologik salomatlikni rivojlanishida «destruktiv-agressiya», va «defisitar-agressiya»ning refleksiyaga bog‘liq ravishda «konstruktiv-qo‘rquv» transformatsiyalanishi muhimligiga ko‘ra faoliyat jarayoniga differensial ta’sir etishining pedagogik-psixologik jihatlari shaxs differensial sifatlaridagi «ijtimoiy identifikatsiyani» rivojlantirish muhimligiga ko‘ra sanogen tafakkurning «ijtimoiy-refleksiya» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan asoslangan;
sportchilarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari «konstruktiv-qo‘rquvning» shaxs differensial sifatlaridagi «ijtimoiy identifikatsiyani» rivojlantirish muhimligiga ko‘ra sanogen tafakkurning «ijtimoiy-refleksiya» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportchilarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik psixologik omillari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sportchilarning shaxslilik xususiyatlariga ko‘ra affilatsiya motivlari negizida «depressivlik», «obssesiv-kompulsivlik»ning kuchayishi «xavotirlik», «somatizatsiya»ning susayishiga olib kelganligi tufayli «agressiya», «xavotirlik», «o‘z-o‘zini ichki chegaralash» kabi pedagogik-psixologik omillarni ta’sirining ustutuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29-martdagi 18-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-11-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yisha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
sportchilarda «konstruktiv egoizm» xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra nizoli va ekstremal vaziyatlardagi qiyinchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish tendensiyasining emotsional intellekt bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli «inkor etish», «siqib chiqarish», «kompensatsiya», «kognitivlik», «giperkompensatsiya» psixologik himoya mexanizmining dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29-martdagi 18-son buyrug‘i asosida «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-11-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligiga erishilgan;
sportchi talabalarda psixologik salomatlikni rivojlanishida «destruktiv-agressiya», va «defisitar-agressiya»ning refleksiyaga bog‘liq ravishda «konstruktiv-qo‘rquv» transformatsiyalanishi muhimligiga ko‘ra faoliyat jarayoniga differensial ta’sir etishining pedagogik-psixologik jihatlari shaxs differensial sifatlaridagi «ijtimoiy identifikatsiyani» rivojlantirish muhimligiga ko‘ra sanogen tafakkurning «ijtimoiy-refleksiya» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29-martdagi 18-son buyrug‘i asosida «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-11-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchi talabalarda faoliyat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish imkoni oshirilgan;
sportchilarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari «konstruktiv-qo‘rquvning» shaxs differensial sifatlaridagi «ijtimoiy identifikatsiyani» rivojlantirish muhimligiga ko‘ra sanogen tafakkurning «ijtimoiy-refleksiya» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 29-martdagi 18-son buyrug‘i asosida «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 4 apreldagi PM-11-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarni musobaqalarga tayyorlash samaradorligi oshgan.