Nazarov Akmal Mardonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik barqarorligi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/P76.
Ilmiy maslahatchi: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abdurayimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karimov Bobur Sharofovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik barqarorligini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatining shaxs interpersonal xususiyatlari ta’sirida shakllanishi «kreativlik», «muvafaqqiyatga intilish», «amaliy fikrlash», «muvafaqqiyasizlikdan qochish» kognitiv jarayonlar orasidagi integrativ xususiyatlarning ijodkorlikda namoyon bo‘lishi tufayli, «yangilikka intilish», «mantiqiy tafakkur» sifatlari bilan pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlashga muvofiq tarzda rivojlanishi dalillangan;
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish ulardagi himoya mexanizmlari va koping strategiyalarining differensial ifodalanishi kognitiv, emotiv, xulqiy, intellektual qobiliyatlarni ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelganligi sababli pedagogik-psixologik barqarorlik shakllantirishning muhim omili ekanligi asoslangan;
talabalarda ilmiy-innovatsion xususiyatlarning rivojlanishiga ko‘ra adekvat qarorlar qabul qilish murakkabligidagi ko‘rsatkichlarda «kognitiv», «operatsion», «hissiy-irodaviy» xususiyatlari hisobiga tasodifiy tanlovlarni ko‘p uchrashi tufayli, «innovatsion fikrlash», «kreativlik», «emotsional barqarorlik» sifatlarini namoyon bo‘lishida differensial farqlar mavjudligi asoslangan; 
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatida namoyon bo‘luvchi «tanqidiy fikrlash», «qat’iyatlilik», «refleksivlik», «tashabbuskor fikrlash», «ijodiy tafakkur» xususiyatlarining ustuvor rivojlanishi xavotirlanish, qo‘rquv, emotsional beqarorlik, ijtimoiy yolg‘izlik, stress kabi salbiy emotsional holatlarning oldini olishni ta’minlaganligi tufayli pedagogik-psixologik barqarorlikni kognitiv darajada shakllanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
talabalarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligini psixologik tayyorlik mezonlariga ko‘ra, shaxs xususiyatlari «o‘z-o‘zini anglash», «mustaqillik», emotsional holatlarni nazorat qila olishning «motivatsion», «refleksiv» komponentini rivojlanish dinamikasi asosida «tashabbuskorlik», «o‘zgarishlarga tayyorgarlik»ni darajaviy differensial xususiyatlarini aniqlash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishda pedagogik-psixologik barqarorligini ta`minlashi yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatining shaxs interpersonal xususiyatlari ta’sirida shakllanishi «kreativlik», «muvafaqqiyatga intilish», «amaliy fikrlash», «muvafaqqiyasizlikdan qochish» kognitiv jarayonlar orasidagi integrativ xususiyatlarning ijodkorlikda namoyon bo‘lishi tufayli, «yangilikka intilish», «mantiqiy tafakkur» sifatlari bilan pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlashga muvofiq tarzda rivojlanishi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish natijasida pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlashga erishilgan;
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish ulardagi himoya mexanizmlari va koping strategiyalarining differensial ifodalanishi kognitiv, emotiv, xulqiy, intellektual qobiliyatlarni ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelganligi sababli pedagogik-psixologik barqarorlik shakllantirishning muhim omili ekanligi asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga va oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy jihatdan tayyorlash dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-apreldagi 03-15-309-son dalolatnomasi va Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlash imkonini bergan;
talabalarda ilmiy-innovatsion xususiyatlarning rivojlanishiga ko‘ra, adekvat qarorlar qabul qilish murakkabligidagi ko‘rsatkichlarda «kognitiv», «operatsion», «hissiy-irodaviy» xususiyatlari hisobiga tasodifiy tanlovlarni ko‘p uchrashi tufayli, «innovatsion fikrlash», «kreativlik», «emotsional barqarorlik» sifatlarini namoyon bo‘lishida differensial farqlar mavjudligi aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga va oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy jihatdan tayyorlash dasturlariga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-apreldagi 03-15-309-son dalolatnomasi va Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda psixologik barqarorlik xususiyatlariga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillari o‘quv, ilmiy-innovatsion faoliyat asosida ochib berilgan;
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatida namoyon bo‘luvchi «tanqidiy fikrlash», «qat’iyatlilik», «refleksivlik», «tashabbuskor fikrlash», «ijodiy tafakkur» xususiyatlarining ustuvor rivojlanishi xavotirlanish, qo‘rquv, emotsional beqarorlik, ijtimoiy yolg‘izlik, stress kabi salbiy emotsional holatlarning oldini olishni ta’minlaganligi tufayli pedagogik-psixologik barqarorlikni kognitiv darajada shakllanishiga identiv ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatida namoyon bo‘luvchi xususiyatlari, salbiy holatlarni bartaraf etish orqali pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlashga erishilgan;
talabalarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligini psixologik tayyorlik mezonlariga ko‘ra, shaxs xususiyatlari «o‘z-o‘zini anglash», «mustaqillik», emotsional holatlarni nazorat qila olishning «motivatsion», «refleksiv» komponentini rivojlanish dinamikasi asosida «tashabbuskorlik», «o‘zgarishlarga tayyorgarlik»ni darajaviy differensial xususiyatlarini aniqlash zarurati isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-sonli buyrug‘i bilan «Kognitiv psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-martdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorlik darajasini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish