Raximova Gulchexra Sobirjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sanoat korxonalari faoliyatining ekologik holatga ta’siri (1945-1980yy)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tar132.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Musayev Nuriddin Umrzaqovich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 45-80 yillari O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari rivojlanishining respublika ekologik holatiga ta’siri va oqibatlarini tarixiylik jihatdan ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalari atmosferaga chiqargan zaharli changlardan Chirchiq, Olmaliq, Navoiy viloyatlarida dvuoksit azot miqdori ortib ketgani, zaharli tashlama suvlarning qayta ishlanmasdan oqizilishi Samarqand, Navoiy, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyati shaharlaridagi suv havzalari yuzasini pilla qurti, seripin, streptokok-bombikus kabi zaharli moddalar bilan qoplanishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida tuproq eroziyasining kuchayishiga olib kelgani aniqlangan; 
sanoat korxonalarida texnik tao‘minotni nazorat qiluvchi mutaxassislarning yetishmasligi, chiqindi tozalash uskunalarining eskigani, neft qoldiqlarining suvga tashlanishi, radioaktiv moddalar ochiq holda qolib ketishining oldi olinmagani natijasida respublikaning Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hududlarida chorva mollarning teri, o‘z vaznini ko‘tara olmaslik, shox va tishlarning to‘kilishi kabi kassaliklarga olib kelgani hamda Farg‘ona vodiysi va Zarafshon vohasida suvosti o‘simliklari va hayvonlar turlarining yo‘qolib, nobud bo‘lishiga olib kelgani dalillangan; 
aholi orasida Navoiy viloyatida tif, ich terlama kasalliklari; Surxondaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘istonda bolalarning nogiron tug‘ilishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘limi; Angren shahrida o‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari; Namangan, Andijon, Qo‘qon, Chirchiqda molyar kasalligi tarqalishi yuqori bo‘lgani hamda bunday holatlarning oldini olish maqsadida 1980-yillar oxiriga kelib, mahalliy aholi tomonidan norozilik harakatlari o‘tkazilgani isbotlangan; 
neft-gaz sohasi sanoat korxonalari ishchilari orasida tirnoq to‘kilishi, tanglay yemirilishi, o‘pkada pardalarning paydo bo‘lishi kabi kasalliklarning ortib borgani natijasida ishchilarning ijtimoiy faolligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati pasayib ketishiga olib kelgani aniqlangan; 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Navoiy, Angren, Samarqand viloyatlarida joylashgan uran, volfram va molibden konlarida mutaxassislarning yetishmasligi, xatto nurdan himoyalanish uchun sharoit yaratilmagani natijasida harbiy asirlar mehnatidan foydalanilgani, bunday konlar joylashgan hududlarda radiaktiv nurlarnng yuqoriligidan mahalliy aholi yashab turgan yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘lgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 45-80 yillari O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining respublikada ichimlik suvi, atmosferaning ifloslanishi, ekologik halokatlarning transchegaraviy ifloslanish muammosini keltirib chiqargani, Toshkent viloyatining Angren, Ohangaron, Chirchiq, Olmaliq kabi shaharlarida mavjud sanoat korxonalarining atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’si-ri, tuproqning ifloslanishiga olib kelganiga oid natijalardan Qo‘qon pedagogika institutida bajarilgan Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” loyihasi ModelHED 561837 bo‘limida bajarilgan «Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash» mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 89.03.4911-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit buzilishining oldini olish, ona va bola salomatligi muhofazasiga doir ma’lumotlarni ta’lim jarayoniga integratsiyalashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekistonning sement ishlab chiqarish korxonalarida sanitariya-gigiyenik muhofazalash tizimlarini yo‘lga qo‘yilmasligi oqibatida ishlab kelayotgan ishchi-xodimlar korxona changlaridan aziyat chekib kelgani, ishchilar orasida nakarioz, parodont to‘qimasi kasalliklari keng tarqalgani, Olmaliq va Ohangaron shaharlarining kimyo sanoat korxonalari sanitariya-gigiyenik talablarga javob bermasligi, zaharli chang va gazlardan birinchi navbatda ishchi-xodimlar qo‘lida turli yaralarpaydo bo‘lgani, o‘pka kasalliklari ko‘paygani haqidagi natijalardan I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan “YoOT-Atex-2018-206 Korxonada mexnat xavfsizligiga ta’sir etuvchi salbiy faktorlarni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89.03.5160-son ma’lumotnomasi). Natijada, sovet davlati hukmronligi yillarida kimyo sanoat korxonalari sanitariya-gigiyenik talablarga javob bermaganini ta’lim jarayoniga integratsiyalashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyatining Uzun, Denov tumanlaridagi ekologik vaziyat, Orolbo‘yi mintaqalariga Amudaryo, Sirdaryo suvlarida oqib kelgan chiqindilarning tuproq tarkibi, iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘lgani, aholi orasida turli yuqumli kasalliklar ko‘payishi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanalidagi taqdimotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliyteleradiokompaniyasining 2020 yil 27 oktabrdagi 02-40-1010-sonli, 2021 yil 31 maydagi 02-10-864-son ma’lumotnomalari). Natijada, yoshlar va keng tomoshabinlarning sovet davlati hukmronligi yillirida atrof-muhit masalasiga bo‘lgan munosabat haqida tasavvurlarini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish