Qarshiev Islom Maxmarahim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining hududiy joylashuvi va etnomadaniy xususiyatlari”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1155.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Usmonov Murtoz Shodievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining hududiy joylashuvi va etnomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining Boysun, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Muzrobot, Angor hududldaridag joylashuvidagi etnik tarkibi va qabilaviy shajaralari, yangi etnik birliklar paydo bo‘lishining ijtimoiy hayotga ta’siri, shuningdek, bu hudud etnoslar orasida shakllangan o‘zaro etnomuloqot makoni bo‘lganligi aniqlangan;
qo‘ng‘irotlarning etnoxo‘jalik xususiyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy omillar, faol xo‘jalik-madaniy munosabatlar ta’sirida dinamik tarzda o‘zgarib, umummintaqaviy xarakter kasb etganligi, chorvachilikdan dehqonchilikka o‘tish bosqichlari, o‘troqlashuv jarayonidagi muammolar, xo‘jalik hayotida dehqonchilik, bog‘dorchilik, sug‘orish tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar dalillangan;
XIX asr oxiri – XX asrning oxirida voha qo‘ng‘irotlarining xo‘jaligida chorvachilikning o‘rni yuqori bo‘lganligi, uy hunarmandchiligida yog‘ochsozlik, kulolchilik, misgarlik yetakchi o‘rinda turganligi aniqlangan;
o‘zbek qo‘ng‘irotlari an’anaviy turar-joylarining o‘tov holatidan paxsa, g‘isht, tosh uylar bilan almashinuvi, madaniy hammomlar, maishiy xizmat ko‘rsatish, uy-ro‘zg‘or, oshxona jihozlari o‘zgarishining o‘ziga xos jihatlari, qo‘ng‘irotlarga xos qadimiy an’analarning zamonaviylashuv jarayonlari, marosimiy taomlarining tayyorlanishi, an’anaviy kiyimlar va zeb-ziynat buyumlari bilan bog‘liq qarashlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining hududiy joylashuvi va etnomadaniy xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlari an’anaviy turarjoylarining o‘tov holatidan paxsa, g‘isht, tosh uylar bilan almashinuvi, madaniy hammomlar, maishiy xizmat ko‘rsatish, uy-ro‘zg‘or, oshxona jihozlari o‘zgarishining o‘ziga xos jihatlari, qo‘ng‘irotlarga xos qadimiy an’analarning zamonaviylashuv jarayonlari, marosimiy taomlarining tayyorlanishi, an’anaviy kiyimlar va zeb-ziynat buyumlari bilan bog‘liq qarashlar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUK faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUK ning 2022 yil 7 iyundagi 06-31-849-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘zbek qo‘ng‘irotlari an’anaviy turarjoylarining o‘ziga xos jihatlari va an’anaviy jihatlari, marosimiy taomlarining tayyorlanishi, tanovuli, an’anaviy kiyimlari va zeb-ziynat buyumlari bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlarini dala etnografik materiallar asosida yoritishga xizmat qilgan;
Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining Boysun, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Muzrobot, Angor hududldaridag joylashuvidagi etnik tarkibi va qabilaviy shajaralari, yangi etnik birliklar paydo bo‘lishining ijtimoiy hayotga ta’siri, shuningdek, bu hudud etnoslar orasida shakllangan o‘zaro etnomuloqot makoni bo‘lganligi, XIX asr oxiri – XX asrning oxirida voha qo‘ng‘irotlarining xo‘jaligida chorvachilikning o‘rni yuqori bo‘lganligi, uy hunarmandchiligida yog‘ochsozlik, kulolchilik, misgarlik yetakchi o‘rinda turganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 23 yanvardagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini keng targ‘ib qilish hamda mamlakatimizning janubiy mintaqalarida etnoturizmni rivojlantirishga xizmat qilgan.