Dulanov Otabek Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasi yuz (juz) larning hududiy joylashuvi va etnomadaniy xususiyatlari (XVIII asr va XX asr boshlari)”, 07.00.07-Etnografiya etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1152.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Qurbonova Manzila Bakievna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi yuz (juz)larning hududiy joylashuvi va etnomadaniy xususiyatlarini (XVIII asr va XX asr boshlari) ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasida yashovchi yuz (juz)larining asosan qarapchi, turkmanjuz, marqa, vaxtamg‘ali va jilontamg‘ali urug‘laridan tashkil topganligi, ularning o‘troqlashuv jarayoni XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tugallanganligi dalillangan;
Yuz (juz)lar tarqalgan hududlarda dehqonchilik bilan bog‘liq “xayrixudoyi”, “oblo baraka”, “shoxmoylar”, “hashar oshi”, “chosh qurdi” kabi marosimlar o‘tkazilganligi, qo‘ylarning tana va dumba tuzilishiga qarab “kapkir dumba”, “oyna dumba” va “shalpi dumba” kabi turlarga bo‘linishi aniqlangan;
aholining guvaladan qilingan uylari “bo‘rikalla”, “shapati” deb atalganligi, usti bo‘yra bilan yopilgan kapani “xos kapa” va “chum” deb atalganligi, kigiz gilamlarning “tug‘donagul”, “taqirgul”, “tug‘ma baqa”, “gajakgul”, “gultaylama”, “qirqdonagul”, “shoxmola”, “qirdo‘ngil”, “oltido‘ngil” kabi turlari keng tarqalganligi dalillangan;
XVIII asr va XX asr boshlarida aholi tomonidan “zog‘ora non”, “arpa non”, “tariq non”, “tariq zog‘ora”, qurg‘oqchilik yillarida “kepak non” tayyorlanganligi, shuningdek, non mahsulotlaridan “obi non”, “jizzali non”, “sutli non”, “patir non”, “qozon patir”, “yog‘li non”, “lochira non” kabi turlari mashhur bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasida yuz (juz) larning hududiy joylashuvidagi etnik o‘ziga xoslik (XVIII asr va XX asr boshlari) moddiy madaniyatining transformatsion jarayonlarida tutgan o‘rnini ilmiy o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida:
Surxon vohasida yashovchi yuz (juz)larining asosan qarapchi, turkmanjuz, marqa, vaxtamg‘ali va jilontamg‘ali urug‘laridan tashkil topganligi, ularning o‘troqlashuv jarayoni XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tugallanganligi, shubk davrda aholi tomonidan “zog‘ora non”, “arpa non”, “tariq non”, “tariq zog‘ora”, qurg‘oqchilik yillarida “kepak non” tayyorlanganligi, shuningdek, non mahsulotlaridan “obi non”, “jizzali non”, “sutli non”, “patir non”, “qozon patir”, “yog‘li non”, “lochira non” kabi turlari mashhur bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida “Surxon vohasi yuzlari moddiy madaniyati” mavzusidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 - yil 14 - iyundagi 02-06-921-son ma’lumotnomasi). Bu esa voha aholisi o‘zbeklari moddiy madaniyatida ikki muhim faktor, ya’ni o‘troq dehqonchilik va chorvachilik madaniyatiga xos xususiyatlar mujassamlashganligi hamda mintaqa madaniyati ushbu ikki madaniyatlar uyg‘unlashuvi asosiga qurilganligini targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Yuz (juz)lar tarqalgan hududlarda dehqonchilik bilan bog‘liq “xayrixudoyi”, “oblo baraka”, “shoxmoylar”, “hashar oshi”, “chosh qurdi” kabi marosimlar o‘tkazilganligi, qo‘ylarning tana va dumba tuzilishiga qarab “kapkir dumba”, “oyna dumba” va “shalpi dumba” kabi turlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi, aholining guvaladan qilingan uylari “bo‘rikalla”, “shapati” deb atalganligi, usti bo‘yra bilan yopilgan kapani “xos kapa” va “chum” deb atalganligi, kigiz gilamlarning “tug‘donagul”, “taqirgul”, “tug‘ma baqa”, “gajakgul”, “gultaylama”, “qirqdonagul”, “shoxmola”, “qirdo‘ngil”, “oltido‘ngil” kabi turlari keng tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan tanlovda “Surxon vohasi milliy moddiy madaniyatida yuzlarni an’anaviy xo‘jaligi” mavzusidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 13 fevraldagi 42-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxon vohasining yuz (juz) aholisi moddiy madaniyatining o‘rganilayotgan davrda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida transformatsiyalashuvi hamda an’anaviy moddiy madaniyatga kirib kelgan turli-tuman innovatsiyalar hamda ularning milliylashuvi omillarini targ‘ib qilishga xizmat qilgan.