Madaminov Sanjarbek Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ishchi vallarining aylanish markazlari simmetrik harakatlanuvchi valikli mashina tishli-richagli differensial uzatish mexanizmining tahlili va sintezi», 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1764.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdukarimov Abdusalam, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kenjaboyev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Nematov Erkin Hamroyevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamuyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishchi vallarining aylanish markazlari simmetrik harakatlanuvchi valikli mashina tishli-richagli differensial uzatish mexanizmini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishchi vallarining aylanish markazlari simmetrik harakatlanuvchi valikli mashina uchun o‘qlararo masofasi o‘garganda vallarning sinxron aylanishini ta’minlaydigan yangi tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
yetakchi va yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklarning aylanish markazlari simmetrik harakatlanuvchi tishli-richagli differensial uzatish mexanizmining o‘qlararo masofasi o‘zgarishini hisobga olgan holda, mexanizm xarakterli nuqtalarining chiziqli va burchak tezliklari, tezlanishlari hamda uzatish nisbatini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
differensial mexanizmdagi oraliq tishli g‘ildiraklarning ratsional geometrik o‘lchamlarini aniqlash imkoniyatini beradigan matematik bog‘lanish yetakchi va yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklarining o‘qlararo masofasi o‘zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
kafolat tirqishi, ishchi vallar diametrlari, bosim burchaklari va mexanizm holatining o‘zgarishini hisobga olgan holda yetakchi va yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklarining aylanish markazlari simmetrik harakatlanuvchi tishli-richagli differensial uzatish mexanizmini sintezlash metodikasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishchi vallarining aylanish markazlari simmetrik harakatlanuvchi valikli mashina tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishchi organlari qo‘shimcha qo‘zg‘aluvchan, aylanuvchi vallari orasidagi masofasi o‘zgaruvchan texnologik mashinalarning uzatish mexanizmlari uchun tishli-richagli differensial mexanizmining texnik yechimiga O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 07001 «Tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi»). Natijada, tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi bilan jihozlangan ko‘n yarim tayyor mahsulotga mexanik ishlov beruvchi valikli mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi bilan jihozlangan ko‘n yarim tayyor mahsulotga mexanik ishlov beruvchi valikli mashina Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi «NIGORA DADIDO» va «PREMIUM LEAHTER» MCHJlarga joriy etilgan («O‘ZCHARMSANOAT» uyushmasining 23-noyabr 2022 yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, mexanik ishlov berilgan ko‘n yarim mahsulot sifatini 3-5% oshirishga erishilgan.