Kalandarov Maksud Maxmudovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Yu76.
Ilmiy konsultant: Radjabova Mavjuda Abdullayevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rustambayev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor; yuridik fanlar doktori, professor Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor Salayev Nodirbek Saparbayevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurol, o‘qotar qurolning o‘q-dorilari va asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarining g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurollarning g‘ayriqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarning zaruriy belgisi  jinoyat predmeti hisoblangan “o‘qotar qurol”, “gazli qurol”, “pnevmatik qurol”, “signal beruvchi qurol”, “uloqtirish quroli”, “o‘qotar qurolning asosiy qismlari” tushunchalarining zamonaviy yondashuv asosidagi mualliflik ta’riflarini ishlab chiqish hamda amaldagi qonun hujjatlarida aks ettirish lozimligi asoslantirilgan;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bunday turdagi qurolni hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish xavfsizligi talablarini, ishlab chiqarish ustidan nazoratni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va but saqlanishini ta’minlashi shartligi bilan bog‘liq qoidalarni qonunchilikka kiritish zarurati asoslantirilgan;
JKning 104, 105-moddalarida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish harakatlarini qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etganlik uchun og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlik belgilash zarurati asoslantirilgan;
xalqaro standartlar va me’yorlar talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish maqsadida JKning 247, 248-moddalariga o‘qotar qurolning asosiy qismlari va portlatish vositalarini qonunga xilof ravishda egallash hamda ularning g‘ayriqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilash zarurati asoslantirilgan;
JKning 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining ob’yektiv tomoni belgilari sifatida tegishli lisenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish harakatlari uchun javobgarlikni belgilash lozimligi isbotlangan;
jinoyat to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi qonuni talablari muvofiqlashtirish maqsadida JKning 249-moddasida odam o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar sabab bo‘lgan o‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurollarning g‘ayriqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarning zaruriy belgisi  jinoyat predmeti hisoblangan “o‘qotar qurol”, “gazli qurol”, “pnevmatik qurol”, “signal beruvchi qurol”, “uloqtirish quroli”, “o‘qotar qurolning asosiy qismlari” tushunchalarining zamonaviy yondashuv asosidagi mualliflik ta’riflarini ishlab chiqish hamda amaldagi qonun hujjatlarida aks ettirish haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RQ-550-son qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020-yil 12-iyundagi 06/2-08-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qurol va uning turlari tushunchalarining ta’rifini qonunchilikda mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bunday turdagi qurolni hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish xavfsizligi talablarini, ishlab chiqarish ustidan nazoratni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va but saqlanishini ta’minlashi shartligi bilan bog‘liq qoidalarni qonunchilikka kiritishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RQ-550-son qonunining 16-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020-yil 12-iyundagi 06/2-08-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qurol muomalasining huquqiy tartibini qonunchilikda mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
JKning 104, 105-moddalarida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish harakatlarini qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etganlik uchun og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlik belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-noyabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-645-son qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2021-yil 29-yanvardagi 06/2-06/45 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishni sodir etishda qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan vositalarni qo‘llash uchun javobgarlikni og‘irlashtirish uchun asos sifatida xizmat qilgan;
JKning 247, 248-moddalariga o‘qotar qurolning asosiy qismlari va portlatish vositalarini qonunga xilof ravishda egallash hamda ularning g‘ayriqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-772-son qonunining 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 24-iyundagi 1/1145-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qurollarning g‘ayriqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarliklarni belgilovchi normalarni takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
JKning 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining ob’yektiv tomoni belgilari sifatida tegishli lisenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish harakatlari uchun javobgarlikni belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 
31-maydagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 
O‘RQ-772-son qonunining 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 24-iyundagi 1/1145-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qurollarning g‘ayriqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarliklarni belgilovchi normalarni takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
jinoyat to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi qonuni talablari muvofiqlashtirish maqsadida JKning 249-moddasida odam o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar sabab bo‘lgan o‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-772-son qonunining 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 24-iyundagi 1/1145-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzishga doir qilmishlarning krminalizatsiya qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish