Xolnazarov Baxodir Azamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy polisaxaridlar sopolimerlari asosida yuqori bo‘kuvchan va bioparchalanuvchan gidrogellar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T3551.
Ilmiy maslahatchi: Turayev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01
Rasmiy opponentlar Raxmanberdiyev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polisaxaridlar sopolimerlari asosida tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos bo‘lgan samarali, yuqori bo‘kuvchan va bioparchalanuvchan gidrogellar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polisaxaridlar, polisaxaridlar gibridlari, vinil monomerlari, karbamid, limon kislotasi, tabiiy minerallar - bentonit, montmorillonit, kaolin va natriy gidrokarbonat asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
polisaxaridlar gibridi asosida olingan gidrogellarning sho‘r, kislotali, ishqoriy kabi agressiv muhitlarga chidamliligi, yuqori miqdorda suv yutuvchanligi, yutilgan suvni 48-64 sutka ushlab turish xossalari aniqlangan;
eritmada monovalent (NaCl), ikki valentli (CaCl2) va uch valentli (AlCl3) ionlar va bir valentli ko‘p atomli kationlar (NH4Cl) bo‘lgan tuzlarning konsentratsiyalari oshib borishi bilan ionlar zichligining yuqori bo‘lishi hisobiga sintez qilingan gidrogellarning bo‘kuvchanligi pasayishi aniqlangan;
yuqori bo‘kuvchan gidrogellaring polimer zanjiri va matrisasiga gidrofil guruhlarga boy bo‘lgan pollisaxaridlar gibridi va minerallar - karbamid, bentonit, montmorillonit, kaolinni kiritilishi natijasida gidrogellarni suv yutuvchanligini 25% ga, suvni ushlab turish vaqti 20% ga ortishi va namni ildiz atrofida saqlashi hisobiga suv sarfining 20-25% ga kamayishi isbotlangan;
tabiiy polisaxaridlar, polisaxaridlar gibridi, karbamid, bentonit, montmorillonit, kaolin va vinil monomerlari asosida olingan gidrogellar mineral o‘gitlar sarfini 17-22 % gacha kamaytirishi va o‘simliklar hosildorligini 10-15 % gacha oshirishi isbotlangan;
yuqori bo‘kuvchan gidrogellarni sintez qilish jarayonida natriy gidrokarbonat qo‘shilganda gidrogellarda yirik g‘ovaklar ko‘p bo‘lishi va bu g‘ovaklar orqali suv va suvda erigan minerallar erkin harakatlanishi aniqlangan;
polisaxaridlar, polisaxaridlar gibridlari, vinil monomerlari, karbamid, tabiiy minerallar, limon kislotasi, natriygidrokarbonat asosida tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos bo‘lgan, import o‘rnini bosa oladigan, ekologik toza va arzon, bioprachalanuvchan, yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
polisaxaridlar, polisaxaridlar gibridlari, vinil monomerlari, karbamid, limon kislotasi, va tabiiy minerallar asosida samarali yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida kraxmal-selluloza gibridi, akrilamid, akril kislota, karbamid va tabiiy mineral – bentonit bo‘lgan yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi Oltinsoy HYDROGEL MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6371-son ma’lumotnomasi). Natijada namni ildiz atrofida saqlashi hisobiga suv sarfini 20-25% ga, mineral o‘g‘itlarni tuproqning unumdor qatlamida saqlashi hisobiga ularning sarfini 17-22% ga kamaytirishi bilan birga o‘simliklarni suvsizlikdan stresga tushib qurib qolishini oldini oladigan va o‘simliklar hosildorligini 10-15% ga oshirish imkonini beradigan samarali yuqori bo‘kuvchan qishloq xo‘jaligi gidrogellarini ishlab chiqarish imkonini bergan.
tarkibida kraxmal-karboksimetilselluloza gibridi, akril kislota va montmorillonit bo‘lgan yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi Oltinsoy HYDROGEL MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6371-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv muhitlarga chidamli, termik barqaror, ekologik toza, inport o‘rnini bosuvchi, arzon, bioparchalanuvchan yuqori bo‘kuvchan gidrogellar ishlab chiqish imkonini bergan;
tabiiy minerallar-bentonit, kaolin, montmorillonit qo‘shib yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi Oltinsoy HYDROGEL MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6371-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan tabiiy minerallar-bentonit, kaolin, montmorillonit gidrogellar bo‘kuvchanligini 25% ga, suvni ushlab turish vaqtini 20% ga oshirish bilan birga termik barqarorligini yaxshilashi va tannarxini pasaytirishi imkonini bergan.