Nurmatova Umida Jalolidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mutolaa falsafiy kategoriya sifatida: ontologik va gnoseologik jihatlari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal473.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibayevna, falsafa fanlari doktori, professor; Bozarov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mutolaa jarayonining falsafiy mohiyatini ontologik va gnoseologik yondashuv nuqtayi nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mutolaa tushunchasini gnoseologik voqelik sifatida idrok etish, tushunish, o‘z-o‘zini anglash kabi ratsional bilishning asosi ekanligi va uning semantik, texnik omillari ongning ko‘pqirrali, murakkab faoliyatini aks ettiruvchi jarayonligi asoslangan;
kitob va mutolaa, savodxonlik va bilim o‘rtasidagi sinkritik-uyg‘unlik, kognitiv assimilyasiya, mutanosiblik hamda mutolaaning ekzistensial, kommunikativ, pragmatik, aksiologik jihatlari dalillangan;
mutolaa insonni ruhiy holatini tiklovchi, ma’naviy va ma’rifiy hamda intellektual kognitivlikni rivojlantiruvchi, kishida ijodkorlik hissini shakllantiruvchi murakkab hodisa ekanligi bevosita va teskari aloqa tamoyili asosida mantiqiy isbotlangan;
mutolaa hodisasining moddiy va ma’naviy borliqdagi ontologik-mavjudlik xossalari, o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi, spontan, bifurkatsion, turbulentlik kabi sinergetik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mutolaa falsafiy kategoriya sifatida: ontologik va gnoseologik jihatlarini tadqiq etish asnosida:
mutolaa tushunchasini gnoseologik voqelik sifatida idrok etish, tushunish, o‘z-o‘zini anglash kabi ratsional bilishning asosi ekanligi va uning semantik, texnik omillari ongning ko‘pqirrali, murakkab faoliyatini aks ettiruvchi jarayonligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5040-son qaroriga 6-ilova Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 22-bandi “Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini o‘rganish yuzasidan fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ularning natijalari asosida ilmiy-ommabop kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish” targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2022 -yil 16-08/223-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini hamda mutolaaga qiziqishini oshirish va takomillashtirish, kreativ tafakkurini yuksaltirish, bilim darajasini oshishiga xizmat qilgan;
kitob va mutolaa, savodxonlik va bilim o‘rtasidagi sinkritik-uyg‘unlik, kognitiv assimilyasiya, mutanosiblik hamda mutolaaning ekzistensial, kommunikativ, pragmatik, aksiologik jihatlariga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining 2018-2020-yillarga mo‘jallangan “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi” (Harakatlar strategiyasi asosida) mavzusidagi PZ-20170928696 raqamli amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022-yil 28-iyuldagi 04/11-4376-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va keng aholi o‘rtasida mutolaa ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan;
mutolaa insonni ruhiy holatini tiklovchi, ma’naviy va ma’rifiy hamda intellektual kognitivlikni rivojlantiruvchi, kishida ijodkorlik hissini shakllantiruvchi murakkab hodisa ekanligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila” tanlovlari chora-tadbirlari loyihasini ishlab chiqishda hamda yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish maqsadida 2022-yil mart-aprel oylarida o‘tkazilgan “Kitobxonlik haftaligi” tadbir dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining 2022-yil 25-iyuldagi 02-09/499-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitobxonlik faoliyatini qiyosiy o‘rganish hamda yoshlarda faol kitobxonlik pozisiyasini kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini shakllanishiga xizmat qilgan;
mutolaa hodisasining moddiy va ma’naviy borliqdagi ontologik-mavjudlik xossalari, o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi, spontan, bifurkatsion, turbulentlik kabi sinergetik xususiyatlariga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 25-avgustdagi 01-12/303-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv dasturi ssenariysini mazmunan boyitishga hamda mutolaa natijasida ong va tafakkurning shakllanishi, inson erkin fikrlashi, ijod qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini takomillashtirishida muhim intellektual faoliyat ekanligini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan.