Raxmonov Sunnatillo Mavlonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband tasavvufiy qarashlarining qiyosiy-falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fal97.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulcehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori professor; Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘zmatzoda Qodirqul Ruzmat o‘g‘li, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshbandning tasavvufiy qarashlariga oid manbalarning falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshbandning xulq-atvor go‘zalligi, qalb sofligi, halollik kabi tasavvufiy qarashlari inson kamolotida konstruktiv ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan;
Bahouddin Naqshbandning inson mohiyati va tabiati, uning ruhiy kamoloti nafs tarbiyasi va doimo mehnatda bo‘lish konsepsiyalarining yoshlar tarbiyasiga funksional ta’siri yetakchi o‘rinda ekanligi mantiqiy dalillangan;
Temuriylar davrida naqshbandiylik tariqatining diniy-irfoniy asoslari tariqatning ma’naviy-axloqiy tarbiya usullari asosida mustahkamlanganligi hamda uning ijtimoiy barqarorlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga oid yetakchilik o‘rni asoslangan;
Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband tasavvufiy qarashlarining diniy-irfoniy asoslari (faqr, sabr, tavba va zikr) falsafiy mushohada etilib, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik, ezgulik va javonmardlik tamoyillarining tasavvufiy-falsafiy ta’limot darajasiga ko‘tarilganligi isbotlangan;
Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband ta’limotlarida zamonaviy yoshlar tarbiyasida muhim sanalgan inson ma’naviy olamini boyitish, komil insonni tarbiyalash, shuningdek, axloqiy tarbiya va nafsni tiyish kabi g‘oyaviy-falsafiy uyg‘unliklar axloqiy kamolot mezoni ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband tasavvufiy qarashlarining qiyosiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy taklif va tavsiyalar asosida:
Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshbandning xulq-atvor go‘zalligi, qalb sofligi, halollik kabi tasavvufiy qarashlari inson kamolotida konstruktiv ahamiyatga ega ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi OT-F1-138 raqamli fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022-yil 9-iyundagi 10-2266-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy yoshlar tarbiyasida muhim sanalgan inson ma’naviy olamini boyitish, komil insonni tarbiyalash shuningdek, axloqiy tarbiya va nafsni tiyish maslalarini yoritishga xizmat qilgan;
Bahouddin Naqshbandning inson mohiyati va tabiati, uning ruhiy kamoloti nafs tarbiyasi va doimo mehnatda bo‘lish konsepsiyalarining yoshlar tarbiyasiga funksional ta’siri yetakchi o‘rinda ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 3-iyundagi 02/273-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshbandning inson ma’naviy-ruhiy tarbiyasi, xulq-atvor go‘zalligi hamda qalb sofligi xususidagi tasavvufiy qarashlari zamonaviy shaxs tarbiyasida muhim omil sifatida xizmat qilgan;
Temuriylar davrida naqshbandiylik tariqatining diniy-irfoniy asoslari tariqatning ma’naviy-axloqiy tarbiya usullari asosida mustahkamlanganligi hamda uning ijtimoiy barqarorlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga oid yetakchilik o‘rniga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishiga oid Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarining “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” nomli 18-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 28-iyundagi 02/02/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida muhim sanalgan mustaqil fikrlash, tafakkurni yuksaltirishga xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband tasavvufiy qarashlarining diniy-irfoniy asoslari (faqr, sabr, tavba va zikr) falsafiy tahlil qilinib, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik, ezgulik va javonmardlik tamoyillarining tasavvufiy-falsafiy ta’limot darajasiga ko‘tarilganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 2022-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining 6-bandida ko‘rsatilgan “Ta’lim sifati – partiya nigohida” loyihasi doirasida ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, “Ajdodlar merosi ulug‘ qadriyat” mavzusida turkum tadbirlar tashkil etish va buyuk ajdodlarimiz tarixini hamda ilmiy merosini o‘rganish, yoshlar orasida turli madaniy va ilmiy mavzularda tanlovlar o‘tkazish kabi dasturlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2022-yil 31-maydagi 01-03/211-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida turli madaniy va ilmiy mavzularda tanlovlar o‘tkazishga xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband ta’limotlarida zamonaviy yoshlar tarbiyasida muhim sanalgan inson ma’naviy olamini boyitish, komil insonni tarbiyalash shuningdek, axloqiy tarbiya va nafsni tiyish kabi g‘oyaviy-falsafiy uyg‘unliklar axloqiy kamolot mezoni ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022 yilda efirga uzutilgan “Assalom Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 25-maydagi 01-12/195-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband ta’limotlaridagi axloqiy tarbiya masalalarini keng jamoatchilikga yetkazishga xizmat qilgan.