Normamatova Maxsuda Nurmamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-siyosiy yuksalish sharoitida ijtimoiy xizmatlar sohasini virtuallashtirsh: mohiyati, nazariyasi va metodologiyasi”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fal103.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Niyazimbetov Marat Kutdiyarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy xizmat sohalarini virtuallashtirishning mohiyatini ontologik, metodologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirishning ontologik va gnoseologik funksiyalarini evristik, dialektik, kibernetik, sinergetik, germenevtik jihatdan tadbiq etish metodoliyasini kengaytrish orqali iqtisodiyot, biznes, moliya, sanoat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot tizimlari kabi ijtimoiy sohalarni virtuallashtirishning pragmatik mohiyati ochib berilgan;
aholining ehtiyojmand toifalari uchun virtual xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashda elektron hukumatning korrelyasion-prognostik hamda pragmatik-uslibiy aspektlarini konstruktiv mohiyati bugungi davr xarakteriga mos ravishda takomillashtirish zaruriyati mantiqiy dalillangan;
ijtimoiy xizmatlar tizimiga joriy etilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalarni virtuallashtirishning nazariy epistemologik, falsafiy, metodologik asoslari argumentlangan;
jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy o‘zgarishlar natijasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasi asosida jismoniy imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga amaliy yordam berish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, bandligiga ko‘maklashish faoliyatining metodologiyasi evristik jihatdan asoslangan;
ijtimoiy-siyosiy yuksalish sharoitida yoshlarda vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini, tarixiy ongini kuchaytirishda virtual axborot vositalardan foydalanishga oid yo‘nalishlar, tavsiyalar hamda virtual muzey, virtual tarixiy obrazlar, virtual buyuk shaxslarning virtual timsollari, virtual turizm, virtual sayohat singari virtualistik tushunchalarning mazmunini ochuvchi definitiv qoidalarning nazariy pragmatik, innovatsion ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy-siyosiy yuksalish sharoitida ijtimoiy xizmatlar sohasini virtuallashtirishni tadqiq etish asosida:
raqamlashtirishning ontologik va gnoseologik funksiyalarini evristik, dialektik, kibernetik, sinergetik, germenevtik jihatdan tadbiq etish metodoliyasini kengaytrish orqali iqtisodiyot, biznes, moliya, sanoat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot tizimlari kabi ijtimoiy sohalarni virtuallashtirishning pragmatik mohiyatiga oid ilmiy taklif va tavsiyalari 2017-2020 yillar davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 28-iyuldagi 04/11-4371-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va aholining ehtiyojmand qatlamiga virtual xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini yoritib berishga xizmat qilgan;
aholining ehtiyojmand toifalari uchun virtual xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashda elektron hukumatning korrelyasion-prognostik hamda pragmatik-uslibiy aspektlarini konstruktiv mohiyati bugungi davr xarakteriga mos ravishda takomillashtirish zaruriyatiga oid taklif-tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Yoshlarning internet saytlardagi axloq normalari va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy hayotimizga tahdid soluvchi axborotlar oqimidan himoyalash, ularda ushbu axborotlarga nisbatan ma’naviy immunitet hosil qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish” hamda Oliy ta’lim muassasalarida “Globallashuv sharoitida yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish yo‘llari” mavzularidagi dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 10-sentabrdagi 02/08-1075-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar axborot madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda mavjud axborot tahdidlarini oldini olish, virtual texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy xizmatlar tizimiga joriy etilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalarni virtuallashtirishning nazariy epistemologik, falsafiy, metodologik asoslari argumentlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Ijtimoiy ish nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 8-sentabrdagi 89-06-735-son ma’lumotnomasi hamda Samarqand davlat universitetining 2020-yil 28-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan 166 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning ilmiy ahamiyatini oshirishga, zamonaviy, virtual xizmatlar samaradorligi va milliy ta’lim tizimini shakllantirishga oid takliflar ishlab chiqishga, ta’lim jarayonini innovatsion g‘oyalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy o‘zgarishlar natijasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasi asosida jismoniy imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga amaliy yordam berish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, bandligiga ko‘maklashish faoliyatining metodologiyasiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2021-yil 18-avgustdagi 02/330-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini ortirishiga va ularning falsafiy, ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-siyosiy yuksalish sharoitida yoshlarda vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini, tarixiy ongini kuchaytirishda virtual axborot vositalardan foydalanishga oid yo‘nalishlar, tavsiyalar hamda virtual muzey, virtual tarixiy obrazlar, virtual buyuk shaxslarning virtual timsollari, virtual turizm, virtual sayohat singari virtualistik tushunchalarning mazmunini ochuvchi definitiv qoidalarning nazariy pragmatik, innovatsion ahamiyatiga oid metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi va “Kasbim-fahrim” radioeshittirishining navbatdagi sonining ssenariysini tayyor¬lashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 11-avgustdagi 01-11/482-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda virtual xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, shu sohani takomillashtirish orqali kreativ tafakkurni shakllantirishga oid nazariy va uslubiy g‘oyalar, tamoyillarni o‘rganish masalasi keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan.