Melikova Martaba Numonovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy ma’naviy merosining ijtimoiy-falsafiy mohiyati”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.DSc/Fal18.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy maslahatchi: Shodiyev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori professor; Madayeva Shaxnoza Omonullayevna, falsafa fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ma’naviy merosida ilgari surilgan ontologik, gnoseologik, axloqiy-estetik va ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlarining gumanistik tabiati “ommaviy madaniyat”, “axloqiy tanazzul” va turli diskursiv tahdidlarga qarshi kurashda mustahkam immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos omili ekanligi isbotlangan;
Murakkab tarixiy sharoitda Alisher Navoiyning halollik, to‘g‘rilik, adolat, insof va diyonat kabi bunyodkor g‘oyalari turkiy xalqlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashining yuksalishida asosiy rol o‘ynagani mantiqan dalillangan;
Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy, diniy-irfoniy, ma’naviy-axloqiy qarashlari, insonning ruhiy kamoloti, insoniylik haqidagi g‘oyalari yoshlarda kuchli qat’iyat, mas’uliyat va sabr-qanoatni shakllantirishda muhim asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr”, “Hayratul-abror” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida qalb ekzistensiyasi, sog‘lom qalb, qalb pokligi masalasi “tavakkul”, “hikmat”, “tabsira”, “shukr”, “ofiyat”, “hayo” tushunchalari vositasida ifodalanganligi aniqlangan;
Alisher Navoiyning asarlarida ilgari surilgan ilm va odob-axloq uyg‘unligi konsepsiyasi hamda xulq-atvor, sa’y-harakatlarning mushtarakligi g‘oyasi komil inson shaxsini tarbiyalashda muhim omil ekanligi atributiv kategoriyalar (zohiriy va botiniy ilmlar zaruriyati) vositasida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy falsafiy merosining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tahlil qilish asosida:
Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlarining gumanistik tabiati “ommaviy madaniyat”, “axloqiy tanazzul” va turli diskursiv tahdidlarga qarshi kurashda mustahkam immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos omili ekanligi isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi OT-F1-138 raqamli fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022 yil 9 iyundagi 10-2266-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida turli diskursiv tahdidlarga qarshi kurashish ko‘nikmasini hosil qilishga xizmat qilgan;
murakkab tarixiy sharoitda Alisher Navoiyning halollik, to‘g‘rilik, adolat, insof va diyonat kabi bunyodkor g‘oyalari turkiy xalqlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashining yuksalishida asosiy rol o‘ynagani mantiqan dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining ekspozisiyalarini “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” bo‘limini shakllantirishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2022 yil 9 noyabrdagi 3/1255-2826-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” bo‘limida mutafakkirning halollik, to‘g‘rilik, adolat, insof va diyonat kabi bunyodkor g‘oyalari haqida ma’lumotlarini to‘ldirishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy, diniy-irfoniy, ma’naviy-axloqiy qarashlari, insonning ruhiy kamoloti, insoniylik haqidagi g‘oyalari yoshlarda kuchli qat’iyat, mas’uliyat va sabr-qanoatni shakllantirishda muhim asosga ega ekanligi falsafiy asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor institutida 2012-2016 yillarda “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” mavzusidagi bajarilgan FA-F1-G039 raqamli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 9 noyabrdagi 3/1255-2826-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy ma’naviy merosining o‘rganilmagan jihatlarini ochib berishga va “Alisher Navoiy” qomusiy lug‘atini yaratishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr”, “Hayratul-abror” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida qalb ekzistensiyasi, sog‘lom qalb, qalb pokligi masalasi “tavakkul”, “hikmat”, “tabsira”, “shukr”, “ofiyat” va “hayo” tushunchalari vositasida ifodalanganligini aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishiga oid Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarining “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” nomli 18-bandini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 28-iyundagi 02/02/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida qalb pokligi kabi ruhiy va axloqiy fazilatlarni targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning asarlarida ilgari surgan ilm va odob-axloq uyg‘unligi konsepsiyasi hamda xulq-atvor, sa’y-harakatlarning mushtarakligi g‘oyasi komil inson shaxsini tarbiyalashda muhim omil ekanligi atributiv kategoriyalar (zohiriy va botiniy ilmlar zaruriyati) vositasida asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining 6-bandida ko‘rsatilgan “Ta’lim sifati – partiya nigohida” loyihasi doirasida ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, “Ajdodlar merosi ulug‘ qadriyat” mavzusida turkum tadbirlar tashkil etish va buyuk ajdodlarimiz tarixini hamda ilmiy merosini o‘rganish, yoshlar orasida turli madaniy va ilmiy mavzularda tanlovlar o‘tkazish kabi dasturlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2022 yil 31 maydagi 01-03/211-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda insonning ruhiy kamoloti, insoniylik va gumanizm haqidagi g‘oyalarini yuksaltirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish