Sanoyeva Muhtabar Nabiyevnaning 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. “Grammatik topshiriqlarni bajarishda matn ustida ishlash metodikasi (8-sinf misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3167.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulliyevna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullayeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilarini grammatik topshiriqlar vositasida bog‘lanishli matn yaratish faoliyatiga tayyorlash hamda matnlarni ustida ishlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili ta’limida grammatik topshiriqlar o‘quvchilarning bog‘lanishli matn yaratish bilan bog‘liq ta’limiy-didaktik faoliyatini tashkil etishi, egallangan nazariy ko‘nikma-malakalar yaxlit kommunikativ birlikni yaratishga xizmat qilishiga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida bajariladigan mashq va topshiriqlar tizimi shakllantirilmaganligi aniqlangan;
matn tuzishga tayyorgarlik jarayonini qamrab oladigan matn tahririga asoslangan topshiriqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bevosita grammatik topshiriqlarning qanday qo‘yilishiga bog‘liq ekanligi isbotlangan; 
ona tili ta’limida matn ustida ishlashni o‘rgatish tizimi va mezonlari bilimlarning oshib borishi sababli 5-sinfdan boshlab avval tayyor matnlar bilan tanishtirish va kichik matnlar tuzdirish orqali o‘quvchilarda matn yaratish ko‘nikmalarini asta-sekin shakllantirib borishning samaradorlik natijalariga ko‘ra 8-sinfdan boshlab o‘quvchilar matn tarkibiy qismlarini farqlashi, matn qismlarini ajrata olishi va matn janri, tili va uslubini farqlashi lozimligi dalillangan;
ona tili darslarida o‘quvchilarni matn ustida ishlash va matn yaratishga o‘rgatishda grammatik topshiriqlarni nutqqa tayyorlovchi kommunikativ topshiriqlar bilan o‘zgartirish, terma gaplardan bog‘lanishli nutqqa qarab o‘stirib borish bog‘lanishli matn yaratishga zamin bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Grammatik topshiriqlarni bajarishda matn ustida ishlash metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili ta’limida grammatik topshiriqlar o‘quvchilarning bog‘lanishli matn yaratish bilan bog‘liq ta’limiy-didaktik faoliyatini tashkil etishi, egallangan nazariy ko‘nikma-malakalar yaxlit kommunikativ birlikni yaratishga xizmat qilishini nazarda tutgan holda dars mashg‘ulotlarida bajariladigan mashq va topshiriqlar tizimi shakllantirilmaganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-GOO3-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 15-apreldagi 17.01/91-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining ilmiy xulosalar, dallilar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
matn tuzishga tayyorgarlik jarayonini qamrab oladigan matn tahlili va tahririga asoslangan topshiriqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bevosita grammatik topshiriqlarning qanday qo‘yilishiga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan F3-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 15-apreldagi 96/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning til ta’limi, ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi haqidagi fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarni matn ustida ishlash va matn yaratishga o‘rgatishda grammatik topshiriqlarni nutqqa tayyorlovchi kommunikativ topshiriqlar bilan o‘zgartirish, terma gaplardan bog‘lanishli nutqqa qarab o‘stirib borish bog‘lanishli matn yaratishga zamin bo‘lishi isbotlangan metodik tavsiyalar haqidagi xulosalardan Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 7-,11-,12-,16-, Karmana tumanidagi 5-, Navbahor tumanidagi 9-, Uchquduq tumanidagi 10-, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 4-, 47-, 63-, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 79- maktablarning 5-8 sinflarida amaliyotga tatbiq etilgan (Respublika ta’lim markazi ma’lumotnomasi 2022 -yil 4-avgustdagi 01/11-01/6-1208-son ma’lumotnomasi). Natijada dars jarayonida “Reyder”, “Esse”, “Fikrlar savati”, “SMS-xabarnoma” kabi interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini yanada takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish