Ro‘ziqulov Dilshod Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda harbiy jurnalistikada axborot integratsiyasining nazariy va amaliy xususiyatlari», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2014.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Akmaljon Rasulovich, harbiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda harbiy jurnalistikada axborot integratsiyasining asosiy xususiyatlarini belgilash hamda jahon va milliy tajriba asosida uning globallashuv sharoitida transmediaviy tendensiyasi va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy nashrlarda axborot uzatish strategiyasi natijasida milliy mediamakonda axborot integratsiyasi mezoni informatsiyaning ob’ektivligi va ishonchliligiga xizmat qilishi isbotlanib, harbiy muxbirlarning lavozim majburiyatlari kategoriyasiga «ijtimoiy dolzarb xabarlarning harbiy matbuot va elektron nashrlarga integratsiyasini ta’minlash» funksiyasini kiritish zarurati asoslangan;
O‘zbekiston armiyasininig integrativ mediamakondagi imijini spindoktoring, baylayner, PR-maqola, targ‘ibot rolidagi mul`timediaviy kontent orqali takomillashtirish, Qurolli Kuchlar tizimiga oid yangiliklarni xolis fikr, real argumentlar asosida xalqaro miqyosda keng jamoatchilikka etkazish jarayoni kombinatsion axborot texnologiyalari va zamonaviy integrativ metodologik vositalardan foydalanishga bog‘liq ekanligi dalillangan;
konvergensiya sharoitida ommaviy axborot vositalari tahririyatlari o‘z xodimlaridan kamida bir nafar muxbirning harbiy sohada fundamental bilimga ega bo‘lishini ta’minlashi, milliy bosma va elektron nashrlardagi harbiy sohaga oid ma’lumotlar, atama va iboralar qo‘llanilishida lingvistik, stilistik va faktik xatolar uchrashi, jurnalistik materiallarning shablon formatida berilishi, media diskursida muvaffaqiyatsizlikka olib kelgan an’anaviy n`yusmeking, qolip sarlavha, tematik rakurs segmentida bir xillik singari noto‘g‘ri strategiyalar aniqlangan;
tinchlikni barqaror ta’minlovchi mudofaa salohiyatiga oid informatsion kontent samaradorligida harbiy jurnalist va harbiy xizmatchilarning medialogik, ijodiy, metodik va taktik hamkorligi yaxlit konseptual yondashuvni qamrab olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda harbiy jurnalistikada axborot integratsiyasining nazariy va amaliy xususiyatlarini tadqiq qilish yuzasidan ilmiy natijalar asosida:
harbiy nashrlarda axborot uzatish strategiyasini tahlil qilish natijasida milliy mediamakonda axborot integratsiyasi mezoni informatsiyaning ob’ektivligi va ishonchliligiga xizmat qilishi hamda harbiy muxbirlarning lavozim majburiyatlari kategoriyasiga «ijtimoiy dolzarb xabarlarning harbiy matbuot va elektron nashrlarga integratsiyasini ta’minlash» funksiyasini kiritish zarurati yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalardan «Vatanparvar» gazetasi, «O‘zbekiston armiyasi» jurnali, «mv-vatanparvar.uz», «mudofaa.uz» internet resurslaridagi axborotlarni integrativ manbalar bilan boyitishda foydalanilgan («Vatanparvar» Birlashgan tahririyatining 2022 yil 11 apreldagi 163-son ma’lumotnomasi). Natijada tahririyat ustavi qayta ko‘rib chiqilib, «maxsus muxbir», «katta muxbir» shtatlaridagi xodimlarning lavozim majburiyatlari kategoriyasiga «ijtimoiy dolzarb ommaviy axborotning harbiy OAVga integratsiyasini ta’minlash» funksiyasi kiritilgan va axborotni integratsiyalash usullari samaradorligi ortgan;
O‘zbekiston armiyasininig integrativ mediamakondagi imijini spindoktoring, baylayner, PR-maqola, targ‘ibot rolidagi mul`timediaviy kontent orqali takomillashtirish, Qurolli Kuchlar tizimiga oid yangiliklarni xolis fikr, real argumentlar asosida xalqaro miqyosda keng jamoatchilikka etkazish jarayoni kombinatsion axborot texnologiyalari va zamonaviy integrativ metodologik vositalardan foydalanishga bog‘liq ekanligi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 7-bandidagi “jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imijini oshirishga qaratilgan axborotlar etkazish samaradorligini oshirish” bo‘yicha maqsad va vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2023 yil 3 fevraldagi 01-23/96-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlarning ommaviy axborot vositasida harbiy mavzuni yoritishda o‘ziga xos xususiyatlarni yanada kengroq o‘zlashtirish va kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qilgan. Yangi O‘zbekistonning Qurolli Kuchlariga oid islohotlarni yoritishda zamonaviy integrativ metodologik usul va vositalar samarali manba sifatida yordam bergan;
konvergensiya sharoitida ommaviy axborot vositalari tahririyatlari o‘z xodimlaridan kamida bir nafar muxbirning harbiy sohada fundamental bilimga ega bo‘lishini ta’minlashi, milliy bosma va elektron nashrlardagi harbiy sohaga oid ma’lumotlar, atama va iboralar qo‘llanilishida lingvistik, stilistik va faktik xatolar uchrashi, jurnalistik materiallarning shablon formatida berilishi, media diskursida muvaffaqiyatsizlikka olib kelgan an’anaviy n`yusmeking, qolip sarlavha, tematik rakurs segmentida bir xillik singari noto‘g‘ri strategiyalarning oldini olish bo‘yicha takliflardan jurnalistlarni harbiy mavzuni yoritishga ixtisoslashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 30 iyundagi 02-28-1030-son ma’lumotnomasi, «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» birlashgan tahririyatining 2023 yil 1 fevraldagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistik materiallarning ilmiy-faktik rang-barangligi, ko‘rimli va o‘qishliligi ta’minlangan, muxbirlarning harbiy mavzuni yoritish, fundamental axborot manbalari bilan ishlash mahorati oshgan;
tinchlikni barqaror ta’minlovchi mudofaa salohiyatiga oid informatsion kontent samaradorligida harbiy jurnalist va harbiy xizmatchilarning medialogik, ijodiy, metodik va taktik hamkorligi yaxlit konseptual yondashuvni qamrab olishi xususidagi tahlillar va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining «Qurolli Kuchlarda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik» kafedrasida muhokamadan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining 2023 yil 10 yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu akademiyaning “Qurolli Kuchlar akademiyasi xabarlari”, “Harbiy fan va ta’limda innovatsiyalar” kabi ilmiy jurnallari, o‘quv materiallari mazmuni boyitilgan. Harbiy xizmatchilarning harbiy jurnalistlar bilan mustahkam hamkorligi natijasida ommaviy axborot vositalariga ishonchli axborot berish ko‘nikmalari takomillashgan.