Ismailov Alisher Fayziyevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning intellektual rivoji tarixi va fan muzeylarini shakllantirish tendensiyalari (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi misolida)», 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tar211. 
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Jannat Xamidovna tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.02/09.07.2020.Tar.120.01 raqamli ilmiy kengashi asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Almeyev Robert Valiyevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning intellektual rivoji tarixini va fan muzeylarini shakllantirish tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda 1873-1940-yillarda - stansiya, qo‘mita, bo‘lim, muzey, kutubxona, jamiyat, observatoriya, to‘garak, tajriba stansiyasi, boshqarma, universitet, kabinet, komitet, kengash, seksiya, institut, ilmiy tadqiqot instituti, ilmiy-tekshirish instituti kabi muassasalar sifatida shakllanganligi aniqlanib, natijada ularning Fanlar akademiyasi tashkil etilishiga shart sharoitlarning vujudga kelishi uchun zamin yaratganligi asoslab berilgan;
Fanlar akademiyasi akademikligiga saylovlar tarixiy-tadrijiy bosqichi - 1943-1989-yillarda 96 nafar haqiqiy, 92 nafar muxbir a’zo, 1994-2017-yillarda 153 nafar haqiqiy, 12 nafar muxbir a’zo saylanganligi hamda ulardan 15 nafari ayol va 8 millat vakillaridan iborat ekanligi ochib berilgan; 
Fanlar akademiyasida kadrlar tayyorlashda qoniqarsiz ahvol kadrlar tayyorlash tizimida kadrlar ham ilmiy, ham mafkuraviy jihatdan shakllantirib borilganligi, 1990-yillarda chet el valyutasining yetishmasligi tufayli genetik injineriya, genetika, biokimyo, mikrobiologiya, biotexnologiya, fiziologiya va biofizika sohasidagi tadqiqotlar to‘xtatilganligi, 1991-yilda ijtimoiy himoya qilish sohasida muammolar majmuasi paydo bo‘lganligi aniqlangan;
1943-2021-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining hamkorlik aloqalari konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, stajirovka, seminar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘rnatilganligi, xalqaro aloqalari geografiyasining kengayganligi (jami: 99 ta davlat; 1943-1990-yy. 51 ta / 1991-2021-yy. 94 ta), ulardan eng ko‘p ilmiy xodimlar Germaniya, Rossiya va AQSH davlatlariga yuborilganligi, stajirovka uchun kelgan (49 ta), tahsil olishga kelgan (16 ta) davlatning ilmiy xodimlari ekanligi asoslab berilgan;
Fan muzeylarini yaratishda ko‘p jihatdan turli xil ilmiy hodisalar va faktlarni namoyish qilish uchun ishlatiladigan interaktiv eksponatlarni o‘z ichiga olganligi bilan O‘zbekiston muzeylaridan farq qilishi aniqlanib, «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarixi muzeyi» konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekistonda 1873-1940-yillarda tashkil etilgan 86 ta ilmiy muassasalar va ularning faoliyatiga oid ilmiy va arxiv materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» telekanali ijodkorlari «Minbar» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Mahalla» teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 10-martdagi 01-15-162-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etilishiga shart sharoitlarning vujudga kelishiga zamin yaratilganligi asos bo‘lgan;
Fanlar akademiyasining 1943-1990-yillarga oid tashkiliy faoliyatida jami 46 ta ilmiy muassasa bo‘lganligi, undan 18 ta muassasa fizika-matematika, texnika (yer haqidagi) fanlari, 16 ta muassasa kimyo-biologiya (tibbiyot) fanlari, 12 ta muassasa ijtimoiy-gumanitar fanlari bo‘limida shakllanganligiga oid arxiv materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Tarixiy savol» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 29-martdagi 40-40-588-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekistondagi eng yuqori ilmiy muassasa roli to‘g‘risida targ‘ib qiladi va bugungi yosh avlod ongida Fanlar akademiyasi bo‘yicha bilim va fikrlarni kengaytirishda xizmat qilgan;
SSSR Fanlar akademiyasi O‘zbekiston filiali faoliyatiga oid materiallardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi uchun sharoitning vujudga kelishi, tarkibidagi ITM shakllanganligi ularning ilmiy va tashkiliy jihatdan faoliyat natijalari, O‘z SSR Fanlar Akademiyasi institutlari tashkil etilishi, 1943-1990 yy. dagi Akademiya tarkibidagi barcha ITMlar soni bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi «1950-1980-yillar O‘zbekiston» ekspozisiyasi «Fan va madaniyat» bo‘limini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022-yil 12 apreldagi 3/1255-827-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga oid yangi materiallar asosida keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Fanlar akademiyasida kadrlar tayyorlash masalalariga hamda xalqaro aloqalar tarixiy tadrijiga oid ilmiy materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Tarixiy savol» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 29-martdagi 40-40-588-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Fanlar akademiyasining xalqaro hamkorlik aloqalari tarixini yoritib berishga, hamkorlik aloqalariga oid masalalarni ilmiy nazariy jihatdan targ‘ib qilishga asos bo‘lgan.
O‘zbekistonning intellektual tarixi va jahonda fan muzeylarining tutgan o‘rniga oid materiallar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarixi muzeyi» konsepsiyasini ishlab chiuqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022-yil 12-apreldagi 3/1255-827-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarixi muzeyida akademiyaga oid yangi materiallar keng jamoatchilikka targ‘ib qilinishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish