Sulaymanov Salamat Arepbayevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi va Amudaryo suv yo‘llari tarixi (XIX asrning 70-yillari- XX asrning 80-yillarining birinchi yarmi)», 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc.Tar223.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Kochanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Saribayev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Mavlanov Uktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanavar Bazarbayevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning 70-yillari – XX asrning 80-yillarning birinchi yarmida Orol dengizi va Amudaryo suv yo‘llari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Orol flotiliyasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirilishi Amudaryo flotiliyasining transport kontoralari tomonidan Xiva xonligi va Amudaryo bo‘limidan Orol portiga paxta, beda urug‘i, teri, gazlama, qorako‘l terisi va jo‘n mahsulotlarini tashish hajmini ko‘paytirishga imkon berganligi dalillangan;
XX asrning boshida Orol dengizida kema qatnovi boshlanishi dengiz bo‘ylarida aholi manzilgohlari va unda yuzlab uylar qurilishiga turtki bo‘lib, xususiy kemasozlik korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlarini shakllanishi transport infrastrukturasini vujudga kelishiga xizmat qilganligi asoslangan;
Xorazm vohasi uchun Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi katta progressiv ahamiyatga ega bo‘lib, u vohaga temir yo‘lga chiqish imkonini berib, ushbu hududni Markaziy Rossiya bilan bog‘lash bilan birga Amudaryo bo‘limi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsiz yo‘llar paydo bo‘lishiga xizmat qilganligi asoslangan;
Amudaryo floti ham avvalo, hukumat manfaatlari yo‘lida tashkil etilgan bo‘lsa-da, Orol dengizi va Amudaryoda yuk tashish bilan harbiy flotiliyadan tashqari shaxsiy kemalarning egalari ham shug‘ullanib, keyingi faoliyatida aholining manfaatlari yo‘lida ish olib borganligi isbotlangan;
1941 yilda Ikkinchi jahon urushning boshlanishi bilan frontga ketgan dengizchilar va kema jamoasi o‘rnini ayollar va yosh bolalar egallashiga qaramasdan Qoraqalpog‘istondagi barcha xizmatga yaroqli kemalardan to‘liq foydalanilib, qo‘shinlar va yuklar daryo va dengiz transportida Amudaryo va Orol dengizi orqali tashilishi natijasida ushbu tarmoq O‘zbekiston Respublikasi transporti va aloqasining muhim bo‘g‘iniga aylanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning 70-yillari – XX asrning 80-yillarning birinchi yarmida Orol dengizi va Amudaryo suv yo‘llari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Orol flotiliyasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirilishi Amudaryo flotiliyasining transport kontoralari tomonidan Xiva xonligi va Amudaryo bo‘limidan Orol portiga paxta, beda urug‘i, teri, gazlama, qorako‘l terisi va jun mahsulotlarini tashish hajmini ko‘paytirishga imkon berganligiga oid ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining rejasi asosida Qoraqalpog‘istondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi pedagogik va o‘lkashunoslik amaliyotlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2022-yil 5-oktyabrdagi 17-04/1841-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining Qoraqalpog‘istondagi suv yo‘llari tarixi bo‘yicha qarashlarini birlamchi manbalar asosida va ilmiy xulosalar asosida boyitishga imkon bergan;
XX asrning boshida Orol dengizida kema qatnovi boshlanishi dengiz bo‘ylarida aholi manzilgohlari va unda yuzlab uylar qurilishiga turtki bo‘lib, xususiy kemasozlik korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlarini shakllanishi transport infrastrukturasini vujudga kelishiga xizmat qilganligiga oid natijalardan Qorqapog‘istondagi transporti sohasidagi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy me’ros va turizm vazirligining 2022-yil 25-okyatbrdagi 02-14/04-1890-son ma’lumotnomasi). Natijalar Orol dengizi va Amudaryo daryosi havzasidagi moddiy yodgorliklar joylashgan hududlarga turistlar tashrifini ko‘paytirishga xizmat qilgan;
Orol dengizi va Amudaryo suv yo‘llarining mintaqa xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, kemalar, qayiqlar va boshqa transport qurollarining tarixi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2022-yil 16-noyabrdagi 426-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo’llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilar va tinglovchilarni ona vatanga sadoqat, vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish imkonini bergan;
Xorazm vohasi uchun Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi katta progressiv ahamiyatga ega bo‘lib, u vohaga temir yo‘lga chiqish imkonini berib, ushbu hududni Markaziy Rossiya bilan bog‘lash bilan birga Amudaryo bo‘limi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsiz yo‘llar paydo bo‘lishiga xizmat qilganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokampaniyasi “Qoraqalpog‘iston” radiokanalining musiqiy ko‘ngilochar dasturlar bosh muharriyati tomonidan “Tariximizni o‘rganamiz” mavzusidagi turkum eshittirishlar senariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokampaniyasining 2022-yil 25-oktyabrdagi 05-22/443-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan.