Kurbanova Gullola Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasaslari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped904.
Ilmiy rahbar: Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv bo‘yicha takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy muhit barqarorligini va individual-kognitiv, kommunikativ strategiyalar bilan aloqadorligini bosqichma-bosqich belgilash hamda sub’yekt-sub’yekt hamkorligi uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan;
iqtidorli talabalarning ilmiy ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish modeli kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarga moslashish hamda pedagogik hamkorlikni shaxsiy natijalaridagi didaktik imkoniyatlarini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari, informatsion dunyoqarash va yangi axborotlarni o‘zlashtirishga tayyorgarligi o‘oyalarni integratsiyalash hamda aloqalarning refleksiv va virtual imkoniyatlarini uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish mezonlari fikrlash dialekti, assotsiatsiyalar, rivojlanish, nostandart yechimlar hamda abstrakt tasavvurlarni pedagogik mazminga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar:
iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy muhit barqarorligini va individual-kognitiv, kommunikativ strategiyalar bilan aloqadorligini bosqichma-bosqich belgilash hamda sub’yekt-sub’yekt hamkorligi uyo‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan takliflar “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-149-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr guvoxnomasi). Natijada iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligining takomillashtirish jarayoni samaradorligini oshishiga erishilgan;
iqtidorli talabalarning ilmiy ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish modeli kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarga moslashish hamda pedagogik hamkorlikni shaxsiy natijalaridagi didaktik imkoniyatlarini diagnostik loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-149-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr guvoxnomasi). Natijada iqtidorli talabalarni o‘zini-o‘zi rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari, informatsion dunyoqarash va yangi axborotlarni o‘zlashtirishga tayyorgarligi g‘oyalarni integratsiyalash hamda aloqalarning refleksiv va virtual imkoniyatlarini uyo‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan tavsiyalar “Texnologiya ta’lim metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 10-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr guvoxnomasi). Natijada talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashgan;
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish mezonlari fikrlash dialekti, assotsiatsiyalar, rivojlanish, nostandart yechimlar hamda abstrakt tasavvurlarni pedagogik mazminga moslashtirish asosida takomillashtirilgan tavsiyalar “Texnologiya ta’lim metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 10-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr guvoxnomasi). Natijada talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashgan.