Turayeva Dilbar Meyliyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Umumiy va xususiy punktuatsion me’yorlar hamda ularning mantiqiy-grammatik asoslari (ingliz, rus, o‘zbek tili materiallari misolida), 10.00.06. – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2620.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bahriddinova Bashorat Madiyevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehri Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Abdulla Eshquvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, ingliz va rus punktuatsiyasining umumiy mantiqiy-grammatik asoslari va xususiy jihatlari asosida o‘zbek punktuatsiyasining joriy me’yorlarini isloh qilishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek, rus va ingliz punktuatsion tizimi yagona mantiqiy-grammatik asosga tayanishi, tinish belgilarining umumiy, barqaror rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunish bilan birga milliy – g‘oyaviy-etnik taraqqiyoti natijasida xususiy ilmiy me’yorlari, punktuatsion uzus, punktuatsion sinonimiya, punktuatsion polisemiya, punktuatsion arxaizm, punktuatsion kalka, alternativ belgilar – (italics) belgilar, punktuatsion transformatsiya kabi tushunchalar yuzaga kelgani ochib berilgan;
zamonaviy punktuatsiyaning hozirgi antropotsentrik bosqichida tinish belgilarining mantiqiy-semantik funksiyasi – tafakkur mahsulini nutqiy voqelikka ko‘chirish, yuzaga chiqish vositasi sifatidagi talqini e’tibor oshgani, insonning kommunikativ muloqot o‘rnatishdagi metalisoniy – pragmatik, emotsional-ekspressiv, estetik, stilistik funksiyalari dalillangan; 
ingliz punktuatsiyasida tinish belgilariga yuklanadigan mantiqiy-semantik vazifalar kengaysa-da, zarur hollarda bir xil funksiyadagi ayrim tinish belgilarini tejash yoki kompyuter klaviaturasi imkoniyatlaridan foydalangan holda boshqa belgilarini ishlatish hisobidan amaldagi punktuatsion me’yorlarning soddalashgani isbotlangan;
rus punktuatsiyasining klassik an’analar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy – tabiiy tilga xos moslashuvchanlik, tilning sistem-struktur tuzilishi hamda sotsiumning kommunikativ talablarini qondirishga asoslangan konsepsiyalari, tire, ikki nuqta, undov kabi ayrim belgilarning funksional evolyusiyasi natijasida yozuvda faollashayotgani, yozma muloqotda ayrim tinish belgilari o‘rnini kursiv, emotikon(smaylik)lar egallayotgani, badiiy ijodda tinish belgilaridan butunlay voz kechish odatga aylanib borayotgani bilan bog‘liq holda nuqtali vergul, qo‘shtirnoq kabi belgilarning siqib chiqarilayotgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O’zbek, ingliz va rus runktuatsiyasining umumiy mantiqiy-grammatik asoslari va xususiy jihatlarini qiyosiy o’rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o’zbek, rus va ingliz runktuatsion tizimining mantiqiy-grammatik asosi, tinish belgilarining umumiy, barqaror rivojlanish qonuniyatiga bo’ysunish bilan birga milliy – g‘oyaviy-etnik taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan xususiy ilmiy me’yorlariga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 19-yanvardagi 93/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot kommunikatsion texnologiyalari rivoji, virtual muloqot shakllarining ko‘payishi tufayli tinish belgilarini noodatiy qo‘llashga oid masalalarni tahlil qilishda ilmiy hamda amaliy manba bo’lib xizmat qilgan; 
zamonaviy runktuatsiyaning hozirgi antrorotsentrik bosqichida tinish belgilarining mantiqiy-semantik funksiyasiga e’tibor oshgani, insonning kommunikativ muloqot o’rnatishdagi metalisoniy – rragmatik, kognitiv, emotsional-eksrressiv, estetik, stilistik funksiyalari tahlili bo’yicha qo’lga kiritilgan xulosalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 7-fevraldagi 74-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar virtual muloqotda qo‘llanilayotgan punktuatsiya masalalarini tahlil qilishda ilmiy hamda amaliy manba bo’lib xizmat qilgan; 
ingliz runktuatsiyasida tinish belgilariga yuklanadigan vazifalar kengaysa-da, yozma nutqda qo’llanishi soddalashgani, rus runktuatsiyasining klassik an’analar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy konsersiyalari, ayrim tinish belgilarining funksional evolyusiyasi natijasida yozuvda faollashayotgani yoki siqib chiqarilayotganiga oid tahlil va xulosalar hamda o’zbek runktuatsiyasining joriy me’yorlarini isloh qilishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan AIF-2/17 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 17-yanvardagi 03/152-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida o’zbek tilining barcha sohalarda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish