Nashirova Shaxnoza Buriyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ikki tilli o‘quv lug‘atlarda ko‘p ma’noli so‘zlarning leksikografik talqini (inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha ikki tilli o‘quv lug‘atlari misolida) 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2589.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Baxriddinova Bashorat Madiyevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha o’quv lug‘atlarida ko’r ma’noli so’zlarni leksikografik talqin qilishning zamonaviy usullari va lingvodidaktik tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inglizcha-o’zbekcha, o’zbekcha-inglizcha lug‘atlarning arxitektonik jihatdan makro-, mikro-, multi-, medioqurilmalarning o’zaro iyerarxik munosabatiga asoslangan megatizm ekani lug‘atning umumiy tamoyillari, til birliklarining tizimli munosabati, semantik maydonning tashqi aloqalari, mavzuviy va leksik-semantik guruh, lug‘atda til birliklarining joylashish prinsiplaridan tashkil topishiga ko‘ra asoslangan;
inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha korrusga asoslangan ikki tilli lug‘atlar uchun ko’r ma’noli so’zlarni tanlashda lug‘at materialining o‘quv maqsadiga mosligi, ta’lim jarayoniga aloqador ekanligi, tilning barcha sath birliklari lug‘at so‘zligidan joy olishi, ko‘p ma’noli so‘zning qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq mezonlari va nutqiy hosila ma’nolarni semantizatsiyalashning ko‘p ma’noli so‘zning ayrim kontekstual ma’nolarini chiqarib tashlash, polisemantik so‘zning semantik jihatdan sezilarli farqlanmaydigan ma’nolar izohini olib tashlash, farqli tomonini ajratib bo‘lmaydigan ma’nolarni birlashtirib, bir joyda izohlash va shu izohga mos illyustratsiya berish kabi bosqichlari aniqlangan;
inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha o’quv lug‘atida ko’r ma’noli so’zlarning nutqiy hosila ma’nolarini farqlashni semantizatsiyalash mazkur so‘zning birikuvchilari, grammatik xususiyatlarni aniqlash, so‘zning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari, badiiy asarlardan olingan havolalarning to‘g‘ri tanlangani kabi lingvistik va leksikografik va lingvistik-semantik jihatlari, shuningdek, didaktik bobida ilk lug‘atlarning ko’r tilli bo’lgani va ta’limiy maqsadda yaratilgani, ikki tilli lug‘at o’rganilayotgan tilning leksik-semantik xususiyatlarini ona tilida ifodalash, tushuntirish bilan bir raytda ta’limiy xarakterga ham egaligi asoslangan;
ikki tilli o’quv lug‘atlarda nutqiy hosila ma’nolarni paradigmaktik va sintagmatik jihatdan farqlash, tarjima-izohning haqqoniyligi va tilda mavjudligini tasdiqlash, semantik, sintaktik valentligini oydinlashtirishda illyustrativ havolaning bosh so‘z ma’nosini aniqlashtirish va izohlanayotgan leksik birlik talqiniga asos keltirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha o’quv lug‘atlarida ko’r ma’noli so’zlarni leksikografik talqin qilishning zamonaviy usullari va lingvodidaktik tamoyillarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha inglizcha korpusga asoslangan ikki tilli lug‘atlar uchun ko‘p ma’noli so‘zlarni tanlash mezonlari va nutqiy hosila ma’nolarni semantizatsiyalash bosqichlarini aniqlashga doir xulosalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan AIF-2/17 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 17-yanvardagi 03/151-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida va shaxslararo muloqotda til birliklarining, jumladan ko‘p ma’noli so‘zlarni maqsadli qo‘llanilishi, nutquy va kommunikativ strategiyani o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalar asosida samarali qo‘llash, shuningdek, ikki tilli o‘quv lug‘atlarni elektron va onlayn ilovalar orqali o‘rganishni yanada samarali bosqichga ko‘tarish asosida leksikografiya masalalarini tahlil qilishda ilmiy hamda amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;
inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha o‘quv lug‘atida ko‘p ma’noli so‘zlarning nutqiy hosila ma’nolarini farqlashning lingvistik va didaktik asoslarini aniqlash, ikki tilli o‘quv lug‘atlarda nutqiy hosila ma’nolarni farqlash, tarjima-izohning haqqoniyligi va tilda mavjudligini tasdiqlash, semantik, sintaktik valentligini oydinlashtirishda illyustrativ havolaning roli ochib berish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Yevropa Ittifoqining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dastur doirasida amalga oshirilgan S61624-EPP-l-2015-Uk-EPPkA2-CBHESP-ERASMUS+CBHE JMER: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 19 yanvardagi 92/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimi jarayonida o‘qitishning jumladan, o‘quv lug‘atlaridan tillarni o‘rganish tizimida qo‘llashning nostandart (kreativ) yechimini topish va uni amaliyotga tatbiq etish masalalarini tahlil qilishda ilmiy hamda amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;
inglizcha-o‘zbekcha o‘quv lug‘atlariga ko‘p ma’noli so‘zlarni tanlashda o‘zbek tili milliy xususiyatlari hamda o‘quv metodik ta’minotiga tayanish lozimligi, o‘zbek tilini o‘rganilayotgan til sifatida talqin qilishga asoslangan o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlarning mazmuni va saviyasini oshirish, jahon o‘quv lug‘atchiligi tajribalarini uyg‘unlashtirgan holda lug‘at korpusini takomillashtirishga doir yangiliklaridan Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 7-fevraldagi 73-01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida o‘zbek tilining barcha sohalarda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan, shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar ingliz tilini o‘qitish jarayonida ikki tilli o‘quv lug‘atlarni takomillashtirish bosqichlarini aniqlashga, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanma va o‘quv lug‘atlarini yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil qilishga xizmat qilgan.