Ahmedov Hakim Yarashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alpomish” dostonida frazeologizmlarning tematik va mifologik strukturasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1080.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Juliboy Donaboyevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparboyevich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Alpomish” dostonida uchraydigan frazeologik birliklarning semantik-struktur xususiyatlari asosida o‘zbek tilshunosligida folklor frazeologiyasining nazariy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdunazar Poyonov ijrosidagi “Alpomish” dostonida uchraydigan frazeologik birliklar miqdori ulardagi asosiy komponentlarining ishtirokiga ko‘ra leksik-semantik, tematik, statistik ko`lami ochib berilgan;
doston tilidagi frazeologik iboralarning leksik-semantik, funksional xususiyatlari, komponentlarining o‘z va o‘zlashgan qatlamga xosligi yoki interferensiya yo‘li bilan shakllanganligi kabi xususiyatlari dalillangan;
“Alpomish” dostoni tiliga xos turg‘un birikmalarning tabiat, dunyo, makon, zamon, jamiyat, inson, uning xatti-harakati va ma’naviy dunyosi, jismoniy holati, his-tuyg‘ulari, xulq-atvori, ijtimoiy maqomi kabi mavzuviy-tematik guruhlari mavjudligi aniqlangan;
asar tilida uchraydigan qadimgi diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq mifonim va teonim komponentli frazeologizmlarning grammatik, semantik xususiyatlari turg‘un birikmalarning hosil bo‘lish strukturasi hamda semantikasida mifonim va teonim komponentlarning ishtirokiga ko‘ra ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alpomish” dostoni tilida uchraydigan frazeologik birliklarni tematik, etimologik, semantik tahlil qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
doston tilidagi frazeologik iboralarning leksik-semantik, funksional xususiyatlari, komponentlarining o‘z va o‘zlashgan qatlamga xosligi yoki interferensiya yo‘li bilan shakllanganligi kabi xususiyatlari hamda frazeologizmlarning yasalishi, somatik, mifonim va teonim komponentli, shuningdek, dostondagi mifotoponim, mifozoonim va xalq o‘yinlari leksikasiga oid ilmiy xulosalardan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy grant loyihasining qadimgi turkiy va eski o‘zbek tiliga mansub leksik birliklarni aniqlash qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/4-3098-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida murakkab tarkibli frazeologik birliklar, turkiycha leksikaning yasalishida e’tibordan chetga qolib ketgan so‘zlarning salmog‘i sezilarli darajada yaxshilangan;
Abdunazar Poyonov ijrosidagi “Alpomish” dostonida keltirilgan mifotoponim, mifozoonim, mifonim va teonim komponentli frazeologizmlarni lug‘atlashtirish hamda semantik xususiyatlariga doir ilmiy xulosalaridan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi” mavzusidagi amaliy loyihaning turkiy tillarga xos teonim va mifonim tarkibli birliklarning lingvodidaktik xususiyatlarini asoslash qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 19-yanvardagi 04/1-122-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida milliy madaniyatimiz bilan bog‘liq turg‘un birikmalarning elektron platformadagi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
“Alpomish” dostoni tiliga xos turg‘un birikmalarning tabiat, dunyo, makon, zamon, jamiyat, inson, uning xatti-harakati va ma’naviy dunyosi, jismoniy holati, his-tuyg‘ulari, xulq-atvori, ijtimoiy maqomi kabi mavzuviy-tematik guruhlari mavjudligi xususidagi takliflardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining "Munavvar kun" ko‘rsatuvida foydalangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil
13-sentyabrdagi 01/01-98-son ma’lumotnomasi). Natijada folklor frazeologiyasining milliy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodining boshqa namunalari bilan uzviy aloqada ekanligi ochib berilgan.