Aliboyeva Nigina Alisher qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bolalar badiiy adabiyotini tarjima qilish muammolari (Roald Dal asarlari asosida), 10.00.06. – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1603.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xoshimxo‘jayeva Moxirux Muzaffarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Arustamyan Yana Yuryevna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sifatida ingliz bolalar badiiy adabiyotining rus va o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan tarjimalar orqali ular tarjimasining leksik, grammatik, fonetik va stilistik muammolarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar adabiyoti badiiy asar tarjimalarida kognitiv tajriba, hissiy idrok, yosh kabi faktorlarga ko‘ra tafovutli ekanligi isbotlangan; 
“Charli va shokolad fabrikasi” asarining rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarini qiyosiy-chog‘ishtirish orqali leksik, grammatik, fonetik va stilistik muammolari aniqlangan;
“Matilda” asarining asl nusxasida va ruscha tarjimasida mualliflik zoonimlari va dermatozlari qo‘pol iboralar sifatida foydalanilganligi isbotlanib, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish variantlari asarning bilvosita tarjimasi orqali taklif etilgan;
asar qahramonlari nutqida ishlatilgan iboralarning ekspressivligini adekvat tarzda yetkazish muhim rol o‘ynaydigan hissiyotlar (quvonch, g‘azab, qo‘rquv)ga kategoriyalashtirish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari quyidagi sohalarda joriy etildi:
bolalar adabiyoti badiiy asar tarjimalarida kognitiv tajriba, hissiy idrok, yosh kabi faktorlarga ko‘ra tafovutli ekanligi isbotlanganligiga oid yangilikdan “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayonlariga joriy etish” nomli loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 9-yanvardagi 26/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan motivatsion materiallar loyihaning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
“Matilda” asarining asl nusxasida va ruscha tarjimasida mualliflik zoonimlari va dermatozlari qo‘pol iboralar sifatida foydalanilganligi qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili orqali isbotlangan, shuningdek, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish variantlari asarning bilvosita tarjimasi orqali taklif etilganligiga oid yangilikdan “Surxondaryo” telekanalida “Assalom Surxon”, “Xalq bilan muloqot”, “Kun mavzusi” teledasturlari uchun materiallar tayyorlashda bolalar badiiy adabiyotini tarjima qilish muammolarini aniqlashga qaratilgan amaliy tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 8-yanvardagi 01-01-1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy natijalardan foydalanish bolalar dasturlari doirasini zamonaviy adabiyotlarni tarjima qilish muammolari to‘g‘risida ko‘ngilochar ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
asar qahramonlari nutqida ishlatilgan iboralarning ekspressivligini adekvat tarzda yetkazish muhim rol o‘ynaydigan hissiyotlar (quvonch, g‘azab, qo‘rquv)ga tasniflash usuli orqali kategoriyalashtirish asoslanganligiga oid yangilikdan FA-F1-G003 “Xozirgi Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 20-avgustdagi 17.01/159-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada tarjimaning leksik- grammatik transformatsiyalar mohiyatiga izoh berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish