Yulliyev Nuriddin Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta baland tog‘lar sharoitida favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarini jismoniy tayyorlashning innovasion pedagogik texnologiyalari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped854.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Meliyev Xamidilla Abdullayevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratullo Inoyatovich biologiya fanlari doktori, dotsent; Soliyev Iqror Roziqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta baland tog‘lar sharoitida qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘rta baland tog‘lar sharoitida qutqaruvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun yuklamalarni me’yorlashtirishda organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi oldini olishga qaratilgan mashg‘ulotlarga “o‘ynoqlab” kross yugurish (yurak qisqarish soni keskin oshgan vaqtda sekinlashib, yurak urushi sekinlashgan vaqtda tezlashib yugurish) vositasi qo‘shilishi natijasida gipoksiyaga moslashish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
qutqaruvchilarda “FANZ–1 qutqaruv o‘quv ko‘chma minora kompleksi”ni (osma arqon, shinali tuynuk va boshqa qutqaruv vositalar) kichik, o‘rta va katta shiddatli yuklamalarni bajarishda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan tezlik-kuch, kuch, tezkor-chidamlilik mashg‘ulotlarini qo‘llash hisobiga kasbiy-jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
o‘rta baland tog‘lar sharoitida qutqaruvchilarning jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun maxsus 4 xil qoplamali yo‘lakchalarda (suvli yoki loyli, qumli yoki tuproqli, o‘t-o‘lanli yoki o‘tinli, asfalt beton yoki shebenli) emaklab yurish va yarim egilib yugurish texnikasini turli qutqaruv ishlari jarayonida murakkab vaziyatlarga duch kelganida tabaqalashtirib dastlab texnik, so‘ngra kuch tayyorgarligining hajmi va shiddatini e’tiborga olib o‘rgatish hisobiga maxsus tayyorgarligi oshirilgan;
hayot uchun xavfli, ekstremal vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan, o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga asoslangan “Qutqaruvchilarning kasbiy faoliyat komponentlari” modelini ishlab chiqish orqali qutqaruvchilarda (o‘ziga to‘g‘ri qaror qabul qilishning zaruriy-shaxsiy hamda shaxsiy sifatlari) kasbiy faoliyat metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qutqaruvchilarni o‘rta baland tog‘lar sharoitida kasbiy tayyorgarligining asosiy mazmuni bo‘lgan jismoniy tayyorgarlikni innovatsion pedagogik texnologiyalari yordamida rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta baland tog‘lar sharoitida qutqaruvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun yuklamalarni me’yorlashtirishda organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi oldini olishga qaratilgan mashg‘ulotlarga “o‘ynoqlab” kross yugurish (yurak qisqarish soni keskin oshgan vaqtda sekinlashib, yurak urushi sekinlashgan vaqtda tezlashib yugurish) vositasi qo‘shilishi bo‘yicha takliflar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi qutqaruvchilarning mashg‘ulot jarayonlariga kiritilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 5-yanvardagi 1-son dalolatnomasi). Natijada qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi 9,1% ga oshirilgan;
qutqaruvchilarda “FANZ–1 qutqaruv o‘quv ko‘chma minora kompleksi”ni (osma arqon, shinali tuynuk va boshqa qutqaruv vositalar) kichik, o‘rta va katta shiddatli yuklamalarni bajarishda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan tezlik-kuch, kuch, tezkor-chidamlilik mashg‘ulotlarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chirchiq shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022-yil 11-oktabrdagi 06-01/06/13/6610-son ma’lumotnomasi). Natijada qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi 8,6% ga oshirilgan;
o‘rta baland tog‘lar sharoitida qutqaruvchilarning jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun maxsus 4 xil qoplamali yo‘lakchalarda (suvli yoki loyli, qumli yoki tuproqli, o‘t-o‘lanli yoki o‘tinli, asfalt beton yoki shebenli) emaklab yurish va yarim egilib yugurish texnikasini turli qutqaruv ishlari jarayonida murakkab vaziyatlarga duch kelganida tabaqalashtirib dastlab texnik, so‘ngra kuch tayyorgarligining hajmi va shiddatini e’tiborga olib o‘rgatish bo‘yicha Bo‘stonliq tuman ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi tavsiyalar musobaqa jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022-yil 11-oktabrdagi 06-01/06/13/6610-son ma’lumotnomasi). Natijada qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi 8,7% ga oshirilgan;
hayot uchun xavfli, ekstremal vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan, o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga asoslangan “Qutqaruvchilarning kasbiy faoliyat komponentlari” modelini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022-yil 11-oktabrdagi 06-01/06/13/6610-son ma’lumotnomasi). Natijada qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi 9,1% ga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish