Odilov Baxromjon Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarda raqibni ko‘tarib tashlash ish qobiliyati va uni rotatsion trenajer-mashqlar yordamida rivojlantirish ustuvorligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.4PhD/Ped1854.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Artiqov Zoxidjon Sobirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Dadaboyev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xamidjonov Abdulaziz Usubjon o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurashchilarda muvozanat saqlash turg‘unligini raqibni ko‘tarib tashlash ish qobiliyatiga ta’sir etishini aniqlash va uni aylanma harakat mashqlari va rotatsion-trenajer yordamida rivojlantirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kurashchilarda aylanma harakat yuklamalari ta’sirida muvozanat saqlash raqibni ko‘tarib tashlash hajmi va shiddati bilan bog‘liq maxsus ish qobiliyatini oshiruvchi mashqlarni anaerob sharoitda bajarish asosida nazorat qilishga mo‘ljallangan samarali pedagogik monitoring tizimini ishlab chiqish hisobiga sportchilar qobiliyatlarini baholash imkoniyatlari oshirilgan; 
kurashchilarda muvozanat saqlash turg‘unlik jarayoni davomiyligini taminlash uchun raqibni ko‘tarib tashlash harakatini bajarishdagi kuch hajmi va ish qobiliyatini portlovchi kuch sifatini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar shiddatini oshirish asosida qulay va noqulay tomonlarga bajariladigan texnik harakatlarini elementlarga bo‘lib takomillashtirish hisobiga sportchining vestibulyar analizatorning mashqlanganlik darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarni bellashuvlarda texnik usullarni har ikki tomonga bajara olish malakasini egallash va shoh usullarini shakllantirishda koordinatsion qobiliyatlarini “ROTATOR-BO” trenajeridan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida foydalanish orqali raqibni ko‘tarib turishga ketadigan vaqtlarini me’yorlash metodikasida salbiy ta’sir ko‘rsatadigan fazalarini aniqlash hisobiga harakatlar reaksiyasini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarni taktik tayyorgarligini takomillashtirish uchun muvozanat saqlash turg‘unligini aylanma harakatlar ta’sirida rivojlantirishda yuqori amplitudada bajariladigan texnik usullarni imitatsiyasini bajarishdagi ish qobiliyatini integral tartibda shakllantirishga asoslangan ixtisoslashtirilgan yordamchi mashqlar majmualarini kiritish hisobiga musobaqa bellashuvlarida hujum harakatlarining samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurashchi talabalarda olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari, ularning qiyosiy tahliliga asoslangan holda: 
kurashchilarda aylanma harakat yuklamalari ta’sirida muvozanat saqlash raqibni ko‘tarib tashlash hajmi va shiddati bilan bog‘liq maxsus ish qobiliyatini oshiruvchi mashqlarni anaerob sharoitda bajarish asosida nazorat qilishga mo‘ljallangan samarali pedagogik monitoring tizimini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 237-264 raqamli guvohnomasi). Natijada tajribada ishtirok etgan malakali belbog‘li kurashchilarda manekenni ko‘tarib, tanani turli tomonlarga aylantirish ta’sirida muvozanat saqlash turg‘unligi samaradorligi 17,84–23,42% gacha o‘sgan;
kurashchilarda muvozanat saqlash turg‘unlik jarayoni davomiyligini taminlash uchun raqibni ko‘tarib tashlash harakatini bajarishdagi kuch hajmi va ish qobiliyatini portlovchi kuch sifatini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar shiddatini oshirish asosida qulay va noqulay tomonlarga bajariladigan texnik harakatlarini elementlarga bo‘lib takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi sport pedagogik mahoratini oshirish mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligini 2022-yil 28 martdagi 06-13/425 – son ma’lumotnomasi). Natijada tajribada ishtirok etgan malakali belbog‘li kurashchilarda manekenni turli usullar yordamida qulay va noqulay tomonlarga ko‘tarib tashlash bilan bog‘liq maxsus ish qobiliyatining pulsometrik ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda 9,09–10,50% ga, respirator qiymati 13,45–14,86% gacha ijobiy tomonga o‘zgarganligi yurak va nafas olish funksiyalari tejamli ishlash rejimiga moslashganligi yaxshilangan;
kurashchilarni bellashuvlarda texnik usullarni har ikki tomonga bajara olish malakasini egallash va shoh usullarini shakllantirishda koordinatsion qobiliyatlarini “ROTATOR-BO” trenajeridan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida foydalanish bo‘yicha takliflar Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida belbog‘li kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 28 martdagi 06-13/425 – son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu sifatlar muvofiq ravishda 22,25–25,59% ga, 21,13–22,97% ga va 18,49–20,61% gacha o‘sgan;
kurashchilarni taktik tayyorgarligini takomillashtirish uchun muvozanat saqlash turg‘unligini aylanma harakatlar ta’sirida rivojlantirishda yuqori amplitudada bajariladigan texnik usullarni imitatsiyasini bajarishdagi ish qobiliyatini integral tartibda shakllantirish bo‘yicha takliflar “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 237-264 raqamli guvohnomasi). Natijada tadqiqot natijalari va amaliy tavsiyalarni mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilishi tufayli 2021 yilda o‘tkazilgan mamlakatimiz chempionati hamda kubok musobaqalarida 7 nafar talaba g‘olib va sovrindorlar ro‘yxatidan joy olishdi, musobaqa natijadorligi esa 23,7% ga ortganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish