Shavqiyev Elyor Raxmonberdiyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2009.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06 kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullayev Sayfulla Fayzullayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: : Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limning tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi talabalari rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasviriy va amaliy san’ati ta’lim yo‘nalishlarida rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari badiiy ta’lim nazariyasining kognitiv-vizual tamoyillariga ko‘ra kolorometrik doira sektoridagi ranglarni to‘lqin uzunligi asosida tizimlashtirishning badiiy-estetik idrok mexanizmiga senzitiv ta’sirini belgilash asosida kengaytirilgan;
talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni tasviriy savodxonlikning emosional-hissiy, perseptiv, kreativ komponentlariga oid mezonlarni rangshunoslik kompetensiyalarining shakllanganligini baholash parametrlariga korrelyativligi hamda rangshunoslik qonun-qoidalarini o‘zlashtirishning metodik shart-sharoitlariga ko‘ra fanlararo aloqadorlikning mexanizmlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
tasviriy va amaliy san’ati ta’lim yo‘nalishlarida talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari “KWHL”, “Uyg‘unlik”, “Tahlil” va “Ramziylik” kabi mualliflik metodlarining texnologik bosqichlarini amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga taksonomik adaptivligini belgilash asosida boyitilgan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rangshunoslikka oid bilim ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti rangshunoslikka oid bilimlarga ega bo‘lishning iyerarxik bosqichlariga ko‘ra badiiy fikrlashni barqaror motivatsion rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tasviriy va amaliy san’ati ta’limining rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari badiiy ta’lim nazariyasining kognitiv-vizual tamoyillariga ko‘ra kolorometrik doira sektoridagi ranglarni to‘lqin uzunligi asosida tizimlashtirishning badiiy-estetik idrok mexanizmiga senzitiv ta’sirini belgilash asosida kengaytirishga oid tavsiyalar “Rangshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 30-martdagi 8–sonli qaroriga asosan berilgan 183-son nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik imkoni kengaytirilgan;
talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni tasviriy savodxonlikning emosional-hissiy, perseptiv, kreativ komponentlariga oid mezonlarni rangshunoslik kompetensiyalarining shakllanganligini baholash parametrlariga korrelyativligi hamda rangshunoslik qonun-qoidalarini o‘zlashtirishning metodik shart-sharoitlariga ko‘ra fanlararo aloqadorlikning mexanizmlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2014-0829151124 raqamli “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1356/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarida rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish mezonlarni bilishga sharoit yaratilgan;
tasviriy va amaliy san’ati ta’lim yo‘nalishlarida talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari “KWHL”, “Uyg‘unlik”, “Tahlil” va “Ramziylik” kabi mualliflik metodlarining texnologik bosqichlarini amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga taksonomik adaptivligini belgilash asosida boyitishga oid takliflar PZ-2014-0829151124 raqamli “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1356/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarida rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarni ularning kelgusi pedagogik faoliyatida tutgan o‘rnini ko‘rsatishga sharoit yaratilgan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ranshunoslikka oid bilim ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti rangshunoslikka oid bilimlarga ega bo‘lishning iyerarxik bosqichlariga ko‘ra badiiy fikrlashni barqaror motivatsion rivojlantirish mexanizmi asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2014-0829151124 raqamli “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1356/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalar uchun samarali bo‘lgan yondashuv va faoliyat turlarini qo‘llash yo‘llarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.