Mustafaev Shomurod Normo‘minovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim modernizasiyasining artpedagogik asoslarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped199.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy maslahatchi: Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.012020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxnoza Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylanova Shohida Zayniyevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Panjiev Qurbonniyoz Berdiyevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim modernizasiyasi sharoitida talabalarni tarbiyalashning artpedagogik texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini san’at va pedagogika integratsiyasi asosida modernizatsiyalashning konvergent va divergent (lateral fikrlash, ijodkorlik) metodologiyasi artpedagogik funksiyalarga bog‘liq kategoriyalarni aniqlash hamda ularni shaxs madaniyatini shakllantiruvchi artpedagogik tamoyillarga tizimli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning artpedagogik texnologiyasi estetik tafakkur va madaniyatni shakllantirishning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlariga mos keluvchi senzitiv, mnemotexnik, mem-obrazlarni shaxsning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari bilan integrativ aloqadorligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
uzluksiz ma’naviy tarbiyaning san’at va pedagogika simbiozi, xalqchillik, obrazlilik, go‘zallik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, korreksiya, ko‘rgazmalilik, xilma-xillik, dolzarblik kabi artpedagogik prinsiplarining avtoxton (folklor namunalari, yozma meros, adabiyot, san’at, milliylik, an’anaviylik) translyasiyasi asoslangan;
uzluksiz ma’naviy tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ta’lim-tarbiya tiziminining artpedagogik komponentlari (g‘oyaviy-estetik vazifa, mazmun, shakl, uslub, vosita)ni tasniflash asosida artpedagogik texnologiyalarning korrelyativ bosqichlarini milliy g‘oya mazmuniga identiv uyg‘unlashtirish orqali kengaytirilgan;
talabalar tarbiyasini modernizatsiyalashning artpedagogik suggestiv modulli texnologiyasi badiiy ifoda, yorqin taassurot, emotsional qiziqtirish, inontirish, talaffuz, mimika-texnika kabi shaxsda ongli munosabatlarni tarkib toptirish bosqichlarini faoliyatli yondashuv tamoyillari bilan bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimini modernizasiyalashning artpedagogik asoslarini ishlab chiqish va joriy qilish orqali talabalarni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini san’at va pedagogika integratsiyasi asosida modernizatsiyalashning konvergent va divergent (lateral fikrlash, ijodkorlik) metodologiyasi artpedagogik funksiyalarga bog‘liq kategoriyalarni aniqlash hamda ularni shaxs madaniyatini shakllantiruvchi artpedagogik tamoyillarga tizimli integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Artpedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 iyundagi 13-son qaroriga asosan berilgan 561-son nashr ruxsatnomasi). Natijada artpedagogika fanining kategoriyalarini aniqlash hamda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarida shaxs madaniyatini shakllantiruvchi artpedagogik tamoyillarni belgilash imkoniyati yaratilgan;
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning artpedagogik texnologiyasi estetik tafakkur va madaniyatni shakllantirishning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlariga mos keluvchi senzitiv, mnemotexnik, mem-obrazlarni shaxsning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari bilan integrativ aloqadorligini belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Artpedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 iyundagi 13-son qaroriga asosan berilgan 561-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning artpedagogik texnologiyasi shaxsning analatik, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantiruvchi bosqichlarini belgilash asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan; 
uzluksiz ma’naviy tarbiyaning san’at va pedagogika simbiozi, xalqchillik, obrazlilik, go‘zallik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, korreksiya, ko‘rgazmalilik, xilma-xillik, dolzarblik kabi artpedagogik prinsiplarining avtoxton (folklor namunalari, yozma meros, adabiyot, san’at, milliylik, an’anaviylik) translyasiyasini asoslashga oid takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishida belgilangan “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar” 10 bandi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy seminarini o‘tkazish” mavzusidagi targ‘ibot ishlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-22/477-son ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini oshirishning artpedagogik prinsiplarini aniqlash va tizimli imkoniyati kengaytirilgan
uzluksiz ma’naviy tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ta’lim-tarbiya tiziminining artpedagogik komponentlari (g‘oyaviy-estetik vazifa, mazmun, shakl, uslub, vosita)ni tasniflash asosida artpedagogik texnologiyalarning korrelyativ bosqichlarini milliy g‘oya mazmuniga identiv uyg‘unlashtirish orqali kengaytirishga oid takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishida belgilangan “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar” 10 bandi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy seminarini o‘tkazish” mavzusidagi targ‘ibot ishlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-22/477-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur asosida badiiy to‘garaklar faoliyatida ma’naviy-axloqiy hamda g‘oyaviy-estetik tarbiya jarayonining samarali texnologiyalarini qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
talabalar tarbiyasini modernizatsiyalashning artpedagogik suggestiv modulli texnologiyasi badiiy ifoda, yorqin taassurot, emotsional qiziqtirish, inontirish, talaffuz, mimika-texnika kabi shaxsda ongli munosabatlarni tarkib toptirish bosqichlarini faoliyatli yondashuv tamoyillari bilan bog‘liqligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga oid materiallardan “Artpedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 iyundagi 13-sonli qaroriga asosan berilgan 561-soni nashr ruxsatnomasi). Natijada “Besh muhim tashabbus” doirasida talabalar tarbiyasini modernizasiyalashning arpedagogik suggestiv modulli texnologiyasining ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish