Normatov G‘ayrat Alijanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sellyulozali maxalliy xomashyolardan sellyuloza va uning hosilalarini olish texnologiyasi hamda ishlatilish sohalari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3032.
Ilmiy rahbar: Primqulov Maxmud Temurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Nomuhammad, texnika fanlari doktori; Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sellyulozali mahalliy xomashyolardan sellyuloza va uning hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er yong‘oq, oshqovoq va kartoshka poyalaridan sellyuloza olishning ishqoriy-kislotali-vodorod peroksidli usuli ishlab chiqilgan;
kombinirlangan usulda mikrokristallik sellyuloza olish jarayonida maxsulotning sifati va unumi, kislota/pereoksid nisbatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
suvli ekstraksiyalash hamda kislota va ishqorli gidrolizlash orqali, o‘simlik poyalari tarkibidagi oson va qiyin eriydigan polisaxaridlarning optik zichligining o‘zgarish kinetikasi aniqlangan;
pomidorning asosiy poyasidan olingan sellyulozaning suvda bo‘kish darajasi, yon shoxlaridan olingan sellyulozaning bo‘kish darajasiga qaraganda 5-6% ga yuqori bo‘lishi aniqlangan; 
bir yillik poliz va sabzavot o‘simliklari poyalaridan sellyuloza va uning hosilalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilib, jarayonning maqbul sharoitlari hamda olingan maxsulotlarning fizik, fizik-kimyoviy xossalari va strukturaviy o‘zgarishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sellyulozali mahalliy xom – ashyolardan sellyuloza va uning hosilalarini olish texnologiyasi hamda ishlatilish sohalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poliz ekinlari poyasidan olingan sellyuloza hosilalari “To‘raqo‘rg‘on IES qurish direksiyasi” UKda amaliyotga joriy qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2021 yil 19 apreldagi 02-13/977-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlar tarkibidagi mis ionlarini 94% gacha, sul`fat ionlarini 95,7 % gacha, molibden ionlarini 79% gacha, temir ionlarini 71% gacha hamda suvning qattiqligini 60 % gacha kamaytirish imkonini bergan; 
poliz ekinlari poyasidan olingan fosforli sellyuloza efiri “To‘raqo‘rg‘on IES qurish direksiyasi” UKda amaliyotga joriy qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2021 yil 19 apreldagi 02-13/977-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlar tarkibidagi organik birikmalar ionlarini 90–92% gacha, og‘ir metall ionlarini 86,5-92% gacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish