Karimova Xulkar Raxmanali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Mechanisms of improving the production and export of fruit and vegetables in Uzbekistan corresponding to the world market requiremens”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt810.
Ilmiy rahbar: Sultanova Gavxar Karimovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03.
Rasmiy opponentlar: Pierre Borgoltz, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yunusov Nosirjon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni jahon bozori talablariga mos ravishda takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qishloq xo‘jaligi sektorining savdo nazariyalari bo‘yicha oldingi va yangi adabiyotlar to‘plangan, tahlil qilingan va foydalanilgan ma’lumotlar, usullar va natijalar asosida qishloq xo‘jaligida gravitatsiya nazariyasining tizimli sxemasi shakllantirilgan;
OLS, Fixed effect, Random effect, Hausman-Taylor and PPML usullaridan foydalangan holda an’anaviy Gravitasiya modeli asosida meva va sabzavotlar eksportiga ta’sir etuvchi o‘zgaruvchilar elastikligi aniqlangan va O‘zbekiston meva-sabzavot sektorining eksport salohiyati hisoblangan;
O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik tarmog‘ida yetishtirish va eksportini tahlil qilish natijasida sohadagi asosiy muammo va kamchiliklar aniqlangan va ularni bartaraf etish choralari kompleks tizim shaklida ishlab chiqilgan;
Xorijiy tajribani hisobga olgan holda O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iboratdir:
Uslubiy yondashuvlar va taklif etilayotgan konsepsiyalardan meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishda, aniqrog‘i, eksport va ishlab chiqarish hajmini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga asoslangan;
O‘zbekistonda meva va sabzavot yetishtirish va ekportini rivojlantirish uchun ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlangan va ularning elastiklik darajalari hisoblab chiqilgan;
Tahlil natijalarida olingan hisob-kitoblarga asoslangan holda O‘zbekistonda meva va sabzavot yetishtirish va eksport qilish strategiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan rivojlantirish mexanizmlari shakllantirilgan;
Tadqiqot ishining yakunida ushbu tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishga olib keladigan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksportini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalari zamonaviy ekonometrik tadqiqot usullaridan hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan usullardan foydalanishga, shuningdek, meva va sabzavot yetishtirish va eksportini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning qo‘llanilishiga asoslanadi.