Jumatov Rashid Yangibaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Qardosh bo‘lmagan tillar tizimida toponimlarning qiyosiy-funksional tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1621.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Usmonov O‘rol Usmonovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Tohirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mardiyev To`lqin Abduhakimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmalarida toponimlarning sintaktik maqomini aniqlash va ular ifodalagan sintaksemalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillari toponimlari tarkibiga ko‘ra qiyosiy-antroposentrik ochib berilib, ingliz tilidan farqli ravishda o‘zbek islomiy toponimlari tadqiqot obyekti bo‘lmaganligi aniqlangan;
gap tarkibida toponimlarning yadro va tobe komponentlar o‘rnida kelishi, gapdagi boshqa birliklar bilan sintaktik aloqalari hamda ularning differensial sintaktik belgilari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillariga oid gaplar tarkibida toponimlar bilan ifodalangan komponentlarning differensial sintaktik-semantik belgilari ochib berilib, ularning allamorflik va izomorflik xususiyatlari isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari tizimida toponimlar bilan ifodalangan sintaktik birliklar sintaktik o‘rni va semantik xususiyatlariga ko‘ra farqlanib, boshqa sintaksemalar bilan bog‘lanish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari tizimida toponimlarning qiyosiy-funksional tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
gap tarkibida toponimlarning yadro va tobe komponentlar o‘rnida kelib gapdagi boshqa birliklar bilan sintaktik aloqalari hamda ularning differensial sintaktik belgilari funksion va komponent belgilar yordamida izohlanganligiga doir xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017–2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tili yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 28-noyabr 2022-yildagi 348-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan takliflar loyiha doirasida tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida toponimlar bilan ifodalangan komponentlarning differensial sintaktik-semantik belgilarining allamorflik va izomorflik xususiyatlari dalillanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012–2016) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 28-noyabr 2022-yildagi 482/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ishlab chiqilgan xulosalar loyiha doirasida tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning sifatini oshirshga xizmat qilgan;
toponimlar ifodalagan sintaktik birliklarning chog‘ishtirma tahlili, ingliz va o‘zbek tillari tizimida toponimlar anglatgan sintaksemalarni idrok etish va uni nutqiy faoliyatda rivojlanish darajasini o‘rganish borasidagi takliflardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasida “Assalom Xorazm”, “Milliy totuvlik”, “Adabiy muhit”, “Tilimizni o‘rganamiz”, “Ma’rifatnoma”, “Najot bilimda” kabi ko‘rsatuv va dasturlarda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 13-dekabr 2022-yildagi 3024-son ma’lumotnomasi). Natijada bu takliflar Xorazm telekanalida namoyish qilinadigan teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari tizimida toponimlar bilan ifodalangan sintaktik birliklar sintaktik o‘rni va semantik xususiyatlariga ko‘ra farqlanib, boshqa sintaksemalar bilan bog‘lanish imkoniyatlari aniqlangan takliflar Erasmus + dasturining 585845-YeRR-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS”grant loyihasida foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 14 dekabrdagi 06-282/13-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan an’anaviy tilshunoslik nazariyalari, qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslikning asosiy tushuncha va tamoyillari hamda tahlil metodlari, zamonaviy tilshunoslikning paradigma va tamoyillari asosida qiyosiy tahlil etish, matnda grammatik va leksik-semantik vositalari derivatsion aspektining nazariy hamda amaliy asoslaridan loyiha doirasida professor o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tadbiq qilingan “Qardosh xalqlar uchun hamkor dasturlar” kursini yaratishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish