Sabirova Nilufar Karimbayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi paronimlarning semantik-stilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1839.
Ilmiy rahbar: Jo‘rayeva Iroda Axmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qahhorova Iroda Siddiqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida paronimiya hodisasining semantik hamda stilistik xususiyatlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida so‘z ma’nosining turlichaligi va talaffuzining yaqinligi, lisoniy birliklarning bir so‘z turkumiga mansubligi, fonetik jihatdan bir xillikka ega emasligi, paronimik juftliklarning bir ma’noli va ko‘p ma’noliligi kabi o‘zaro farqli jihatlarining nazariy asoslari isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi paronimik qator a’zolarining omonimiya, sinonimiya, polisemiya hodisalari asosida paronimik birliklarning paradigmatik munosabati asoslangan;
ingliz va o‘zbek badiiy nutqida ohangdosh so‘zlarni yanglish (noto‘g‘ri) yoki atayin (o‘yinga oid) aralashtirish paronimiyaning paronomaziya, paronimik attraksiya, geterofemiya va malapropizm hodisalari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi stilistik jihatdan belgilangan paronimik birliklarning funksional-stilistik vazifalari orqali leksemalarning stilistik xususiyatlariga ko‘ra dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi paronimlarning semantik-stilistik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida so‘z ma’nosining turlichaligi va talaffuzining yaqinligi, lisoniy birliklarning bir so‘z turkumiga mansubligi, fonetik jihatdan bir xillikka ega emasligi, paronimik juftliklarning bir ma’noli va ko‘p ma’noliligi kabi o‘zaro farqli jihatlari, hamda paronimik qator a’zolarining omonimiya, sinonimiya, polisemiya hodisalari asosida paronimik birliklarning paradigmatik munosabatlariga oid xulosalardan Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-1-UK- EPPKA2-CBHE-SP IMEP: “O‘zbekistonda ta’lim va oliy ta’lim sohasidagi jarayonlarning modernizatsiyalash va xalqarolashuv” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 7 martdagi 624/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada paronimlar va unga yondosh hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarning til o‘rganuvchiga tushunarli bo‘lishini ta’minlagan;
ingliz va o‘zbek badiiy nutqida ohangdosh so‘zlarni yanglish (noto‘g‘ri) yoki atayin (o‘yinga oid) aralashtirish paronimiyaning paronomaziya, paronimik attraksiya, geterofemiya va malapropizm hodisalari bilan o‘zaro bog‘liqligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining “Erudit” shifrli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 10/1825-son ma’lumotnomasi). Natijada paronimiya va ohangdosh so‘zlarni o‘rganish muammosi bilan bog‘liq ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida boyitishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi stilistik jihatdan belgilangan paronimik birliklarning funksional-stilistik tahlili orqali leksemalarning stilistik xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 13 oktyabrdagi 04/11-6350-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish va rivojlantirishga doir uslubiy ko‘rsatmalarni takomillashtirish hamda amaliy darslarni o‘tkazishda xizmat qilgan.