Xalilova Habiba Mamatkulovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Neonologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinflarning tarbiya darslarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2508.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Djurayev Do‘smurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matjonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi neonologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf tarbiya darslarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
neonologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinflar tarbiya darslarini loyihalashtirish jarayonining pedagogik mazmun-mohiyati uning konseptual, tarixiy, ijtimoiy, dunyoviy va diniy rivojlanish an’analari tarkibini adabiy-didaktik manbalar orqali aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
neologik yondashuv asosida pedagogik kompetentlilikni rivojlantirish bosqichlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar mazmuniga ko‘ra ta’limning maqsadga yo‘naltirilgan, diagnostik, metodologik, amaliy va natijaviy mazmun komponentlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarning tarbiya darslarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish indikatorlari ta’lim va tarbiya jarayoniga ijtimoiy baholash mezonlari (kreativlik, sinergetik yondashuv, verbal-noverbal, prezentativlik, eksklyuzivlik, progressivlik, motivasion)ni kiritish va ularning o‘zaro integratsiyasini o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga moslashtirish orqali ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
neologik yondashuv asosidagi pedagogik faoliyatining tashkiliy-didaktik tizimi innovasion texnologiyalarni loyihalashtirish funksiyalari tarkibini (modellashtirish, loyihalashtirish, bunyod etish) zamonaviy ta’limga nisbatan xalqaro baholash talablari hamda milliy ta’lim dasturlariga muovfiq tatbiq etish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neonologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinflarning Tarbiya darslarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
neonologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinflar tarbiya darslarini loyihalashtirish jarayonining pedagogik mazmun-mohiyati uning konseptual, tarixiy, ijtimoiy, dunyoviy va diniy rivojlanish an’analari tarkibini adabiy-didaktik manbalar orqali aniqlashtirish asosida ochib berilgan hamda neologik yondashuv asosida pedagogik kompetentlilikni rivojlantirish bosqichlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar mazmuniga ko‘ra ta’limning maqsadga yo‘naltirilgan, diagnostik, metodologik, amaliy va natijaviy mazmun komponentlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan kabi taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 dekabrdagi 01/11-01/1-1860-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid malaka talablari belgilangan va o‘quv dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarning tarbiya darslarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish indikatorlari ta’lim va tarbiya jarayoniga ijtimoiy baholash mezonlari (kreativlik, sinergetik yondashuv, verbal-noverbal, prezentativlik, eksklyuzivlik, progressivlik, motivasion)ni kiritish va ularning o‘zaro integratsiyasini o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga moslashtirish orqali ta’minlash asosida aniqlashtirilganligi bo‘yicha takliflardan “Tarbiya” fani o‘quv dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 dekabrdagi 01/11-01/1-1860-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlar samaradorligi ortishiga erishilgan;
neologik yondashuv asosidagi pedagogik faoliyatining tashkiliy-didaktik tizimi innovasion texnologiyalarni loyihalashtirish funksiyalari tarkibini (modellashtirish, loyihalashtirish, bunyod etish) zamonaviy ta’limga nisbatan xalqaro baholash talablari hamda milliy ta’lim dasturlariga muovfiq tatbiq etish asosida takomillashtirilgan oid takliflardan Farg‘ona davlat universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan “PZ-2017-0930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmuni takomillashtirish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 dekabrdagi 01/11-01/1-1860-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mediakompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari ortgan, tarbiya fanini o‘qitishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish