Gulyamova Nadira Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): "Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish", 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1747. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti. 
Ilmiy rahbar: Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna, pedagogika fanlari doktori, dosent.
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish jarayoning pedagogik mexanizmlariga, ma’naviy-axloqiy omillariga, shaxslararo munosabatlarning birligi, faoliyat va munosabat uzviyligi, tarbiyada ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati tamoyillariga ustuvorlik berish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning innovasion ta’lim strategiyasi va didaktik ta’minoti asosida menejment yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirish modeli determinallashgan, jarayonli mezonlarning ijtimoiy-madaniy, kasbiy, individual-shaxsiy darajalar bilan identivligini fanlararo integratsiyaga muvofiqlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan modulli va ta’lim muassasalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik, kolloborativ ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning eksperimental darajasi samaradorligi aniqlanib, pedagogik mazmunini boyitish, uni metodik ta’minotini ishlab chiqish, mashg‘ulotlarni jamoaviy hamkorlik asosida tashkil etish jarayonlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotning natijalari asosida: 
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish jarayoning pedagogik mexanizmlariga, ma’naviy-axloqiy omillariga, shaxslararo munosabatlarning birligi, faoliyat va munosabat uzviyligi, tarbiyada ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati tamoyillariga ustuvorlik berilganligi va ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini asoslashga doir tavsiyalar "Pedagogik menejment" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-030 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning innovasion ta’lim strategiyasi va didaktik ta’minoti asosida menejment yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirish modeli determinallashganligi, jarayonli mezonlarning ijtimoiy-madaniy, kasbiy, individual-shaxsiy darajalar bilan identivligini fanlararo integratsiyaga muvofiqlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflar "Pedagogik menejment" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-030 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada menejment yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirishning modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan modulli va ta’lim muassasalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik, kolloborativ ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilishiga doir ishlanmalar hamda tavsiyalardan PZ-2014-0829162612 raqamli "VIII-IX sinflar ta’lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqish" mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 sentyabr 02-07-2523/04-son dalolatnomasi). Natijada loyihaning ijtimoiy pedagogik innovasion usullariga doir qismi ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan hamda talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantiruvchi omillar, innovasion shakl, vosita, usul va shart-sharoitlarni aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish