Qodirov Ikrom Davronovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri doirasida talabalarning kasbiy kompetentligini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasi (tarix fani misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2551.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Fayziyevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy kompetentligini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari mutaxassislikka kirish jarayonining diagnostika, korreksiya, stimulyasiya bosqichlarini mustaqil ta’lim mazmuniga ustoz-shogird munosabatida differensial qo‘llash asosida ochib berilgan;
ta’lim klasterining shaxsga yo‘naltirilgan muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli akademik topshiriqlarni o‘zlashtirishning vizual, audial, diskret kabi axborotni qabul qilish usullarini reproduktivlik, produktivlik, kreativlik kabi kasbiy yetilish darajalari bilan didaktik sinergiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi talabalarda tezkorlik, ijtimoiy sergaklik, tizimli fikrlash kabi pedagogik ta’sir kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan «Matnni to‘ldir”, «To‘g‘ri top”, «Aqliy poyga”, «Intellektual domino» kabi interfaol usullarni ishbilarmonlik va SMART-time muhitida konstruktiv-instrumental qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarda kasbiy kompetentlikning rivojlanlanligini baholash mezonlari anglash, tahlil va qo‘llash kabi transformativ ko‘nikmalar hamda metodik yo‘nalganlik malakalarini «bilimdan tajribaga» munosabatidagi ijodiy topshiriqlar mazmuniga nazoratli impuls asosida kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri doirasida talabalarning kasbiy kompetentligini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari mutaxassislikka kirish jarayonining diagnostika, korreksiya, stimulyasiya bosqichlarini mustaqil ta’lim mazmuniga ustoz-shogird munosabatida differensial qo‘llashga oid takliflaridan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli «FY 2018 English Access Microscholarship Program» nomli Amerika Qo‘shma shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 19 yanvardagi 02-07-159/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning ijodiy-kasbiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
ta’lim klasterining shaxsga yo‘naltirilgan muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli akademik topshiriqlarni o‘zlashtirishning vizual, audial, diskret kabi axborotni qabul qilish usullarini reproduktivlik, produktivlik, kreativlik kabi kasbiy yetilish darajalari bilan didaktik sinergiyasiga ustuvorlik berishga doir tavsiyalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Mavzu” ko‘rsatuvi mazmunida bayon etilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 29 dekabrdagi 02-32-2168-son ma’lumotnomasi). Natijada tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olishga doir metodik tavisyalarning keng targ‘ib etilishiga erishilgan;
 kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi talabalarda tezkorlik, ijtimoiy sergaklik, tizimli fikrlash kabi pedagogik ta’sir kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan interfaol (Matnni to‘ldir, To‘g‘ri top, Aqliy poyga, Intellektual domino kabi) usullarni ishbilarmonlik va SMART-time muhitida konstruktiv-instrumental qo‘llashga oid yondashuvlar respublikaning oliy ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 19 yanvardagi 02-07-159/04-son dalolatnomasi). Natijada, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish