MURADOV Rustam Anvarovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiyma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha testsinovidan o‘tganligi haqidama’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T.377.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Suv iste’molchilari uyushmalarida irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanishning texnologik asoslari», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari bo‘yicha).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Baraev Fridun Axmedovich, t.f.d., prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, 16.07.2013.T.23.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 2012 yildan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti dotsenti.
Malakaviy imtixonlar topshirilgan sanasi va natijasi: O‘zbekistonning eng yangi tarixi (23.05.2013) – 71 ball (yaxshi); matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari (17.05.2013) – 76 ball (yaxshi); ingliz tili (22.05.2013) – 76 ball (yaxshi); melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (25.02.2014) – 87 ball (a’lo).
II. Nashr ishlari. Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAK nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan 3 ta milliy ilmiy jurnalda 12 ta ilmiy maqola, 2 ta xorijiy ilmiy jurnalda 2 ta ilmiy maqola nashr qilingan.
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 5 ta ma’ruza tezisi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2008, Toshkent; 2014, Rossiya Federatsiyasi).
III. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda suv iste’molchilari uyushamalari uchun sug‘orish suvlari tanqisligi ortib borayotgan sharoitda sug‘orish va zah qochirish tizimlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
turli suv ta’minoti sharoitida sug‘orish suvining mahsuldorligini oshirish va suv-er resurslaridan samarali foydalanishga erishuvchi suvni taqsimlash uslubi yaratilgan;
sistematik yotiq zovur ta’sirida sizot suvlari sathi dinamikasini bashorat qilish bo‘yicha uslub tayyorlangan;
ilk bor o‘simlikning ildiz tizimini rivojlanishi, tuproqni haydov qatlami va sizot suvlari sathi chuqurligini inobatga olgan holda evapotranspiratsiya miqdorini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bora sistematik yotiq zovur va qo‘llanilayotgan texnologiyalar: an’anaviy texnologiya (ildiz – haydov – haydov osti qatlamlar); qatlam-qatlam yumshatish (ildiz – haydov osti qatlamlar); tuproqda novegetatsiya davrida namlikni to‘plash uchun erni chuqur yumshatish (haydov – haydov osti qatlamlar) ta’sirida tuproq namligi o‘zgarishini bashorat qilish bo‘yicha uslub ishlab chiqilgan;
cho‘kuvchan tuproqlarda er tekislash ishlarini loyihalashtirish yangi usuli va texnologiyasi yaratilgan.
V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilganilmiy natijalari:
tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan suvdan foydalanish rejalarini tezkor tuzish hamda erlarni lazerli tekislash bo‘yicha texnologiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalarda joriy etilgan. Suv tanqisligi sharoitida an’anaviy usulda jami daromad 435,9 ming so‘m, taklif etilgan usulda esa 719,38 ming so‘mni tashkil etgan va xo‘jaliklarda iqtisodiy samara gektariga 283,48 ming so‘mga oshishi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligning 15.01.2015 y., 04/29-103-sonli ma’lumotnomasi);
dissertatsiya natijalari Osiyo taraqqiyot bankining «Donli ekinlar hosildorligini oshirish» loyihasi doirasida «Sayram suvi», «Qorasuv», «G‘olib suvi» va «Madat suv-JRK» suv iste’molchilari uyushmalarida joriy etilgan bo‘lib, iqtisodiy samara gektariga 10-15 AQSh dollarini tashkil etgan (Mott MacDonald Environmental Consultants Ltdning 26.01.2009 y., 213905/01/012609-sonli ma’lumotnomasi);
tadqiqotlardan olingan nazariy echimlar «O‘zbekiston Respublikasida 2013-2027 yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanishning kompleks tizimlari» loyihasida qo‘llanilib kelinmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 20.01.2015 y., 04/29-254-sonli, «Suvloyiha» suv xo‘jaligi inshootlarni loyihalash birlashmasining 2.12.2014 y., 02-13 GSX №02 -sonli ma’lumotnomasi).