Qandaharov Qahramon Hasanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron ta’lim muhitida talabalarning umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped714.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktopi, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umummadaniy komretensiyalarni rivojlantirishda elektron muhitidan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi elektron ta’lim muhitidan foydalanishning deontologik talablari bilan davlat ijtimoiy buyurtmasining umummadaniy axborotlarga egalik, reproduktiv va produktiv darajalarga oid milliy va umummadaniy tajribani o‘zlashtirish bosqichlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli ma’naviy qadriyatlarga ongli va hissiy yo‘nalganlikni qaror toptirishning propedevtik mexanizmiga ko‘ra “ustoz-shogird” tizimining texnologik bosqichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishda elektron ta’lim muhitidan foydalanishning refleksiv texnologiyalari pedagoglarning fasilitatsion harakatlari (motivatsion, tyutorlik, mentorlik)ni pedagogik amaliyotda o‘zaro transformatsiyalashuvini didaktik ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda umummadaniy kompetensiyalarning rivojlanganligini baholash ko‘rsatkich va mezonlari izchillik, muntazamlilik tamoyillari asosida pedagogik kvalimetriyaning individual faoliyat traektoriyasi talablari hamda o‘qitishga doir xalqaro tadqiqotlar algoritmi bilan o‘zaro uyg‘unlashuviga muvofiq aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalarda umummadaniy komretensiyalarni rivojlantirishda elektron muhitdan foydalanish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi elektron ta’lim muhitidan foydalanishning deontologik talablari bilan davlat ijtimoiy buyurtmasining umummadaniy axborotlarga egalik, reproduktiv va produktiv darajalarga oid milliy va umummadaniy tajribani o‘zlashtirish bosqichlarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklivlardan A1-XT-1-55237 “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusida bajarilgan grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1358/04-son dalolatnomasi). Natijada innovasion yondashuvlar asosida talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirirshda elektron muhitdan foydalanish jarayonlarining pedagogik va psixologik jihatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli ma’naviy qadriyatlarga ongli va hissiy yo‘nalganlikni qaror toptirishning propedevtik mexanizmiga ko‘ra “ustoz-shogird” tizimining texnologik bosqichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan A1-XT-1-55237 “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusida bajarilgan grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1358/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishda elektron muhitdan foydalanish, kksbiy tayyorgarligi va sifati va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan; 
talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishda elektron ta’lim muhitidan foydalanishning refleksiv texnologiyalari pedagoglarning fasilitatsion harakatlari (motivatsion, tyutorlik, mentorlik)ni pedagogik amaliyotda o‘zaro transformatsiyalashuvini didaktik ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan A1-XT-1-55237 “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusida bajarilgan grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1358/04-son dalolatnomasi). Natijada ijtimoiy buyurtma talablariga umummadaniy kompetentlik talablarini optimallashtirish orqali talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun elektron muhitdan foydalanish jarayonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarda umummadaniy komretensiyalarning rivojlanganligini baholash ko‘rsatkich va mezonlari izchillik, muntazamlilik tamoyillari asosida pedagogik kvalimetriyaning individual faoliyat traektoriyasi talablari hamda o‘qitishga doir xalqaro tadqiqotlar algoritmi bilan o‘zaro uyg‘unlashuviga muvofiq aniqlashga oid tavsiyalardan A1-XT-1-55237 “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusida bajarilgan grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 15 apreldagi 02-07-1358/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda umummadaniy komretensiyalarni rivojlantirish kompetentligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish