Abduvaxabova Umeda Mamatyusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gerbert E.Beys asarlarining asliyat va tarjimalarida insoniy qadriyatlarni tasvirlashning pragma-stilistik vositalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyoshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1348.
Ilmiy rahbar: Nasrullayeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatolyevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Egamova Mastura Xakimjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Gerbert E.Beys asarlarining asl nusxasi va tarjimalarida insoniy qadriyatlar hamda falsafiy g‘oyalarni pragmatik va uslubiy tasvirlash vositalaridan foydalanish jarayonini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G. Beys asarlarida badiiy obrazlar yaratishda qo‘llanilgan epitet, metafora, metonimiya, oksimoron, ironiya va anaforaning badiiy xususiyatlari hamda oila va jamiyatdagi insoniy munosabatlarni (ziddiyat va kelishmovchiliklar ustunlik qilgan holda) badiiy qahramonlar orqali tasvirlashning pragmatik vositalari aniqlangan;
G. Beys badiiy uslubining ekspressiv-stilistik, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari aniqlanib, yozuvchining estetik, hissiy, mantiqiy va ma’naviy tuyg‘ularini tasvirlashda badiiy qahramonlarinining o‘ziga xos insoniy, tafakkurli, emotiv kabi ma’naviy va g‘oyaviy xususiyatlari ochib berilgan;
G. Beys asarlarining g‘oyaviy-falsaviy mazmuni, xususan, do‘stlik, xayrixohlik, g‘amxo‘rlik, ko‘mak, samimiylik va his tuygularning befarqligi kabi ijobiy mavzular hamda baxillik, ochko‘zlik, xudbinlik, jismoniy befarqlik, ma’naviy qashshoqlik va yolg‘izlik kabi salbiy mavzulardan iboratligi isbotlangan;
G. Beys hikoyalarining asl nusxalari va tarjimalarini taqqoslash asosida ular orasidagi gaplarning tuzilishi va tarkibidagi tovushlarning yaratilishida tabiiy tanlangan fonetik vositalarining nomuvofiqligi hamda so‘z va so‘z birikmalarining ekspressiv-stilistik ifodalanishidagi nomuvofiqliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G.E.Beys asarlarida hayot falsafasi hamda insoniy qadriyatlarning aks etilishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
G. Beys asarlarida badiiy obrazlar yaratishda qo‘llanilgan epitet, metafora, metonimiya, oksimoron, ironiya va anaforaning badiiy xususiyatlari hamda oila va jamiyatdagi insoniy munosabatlarni (ziddiyat va kelishmovchiliklar ustunlik qilgan holda) badiiy qahramonlar orqali tasvirlashning pragmatik vositalari aniqlangan takliflardan Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida ishlatilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 6-sentabrdagi 3741/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallari o‘qituvchilarning badiiy asarlarni talqin qilish va badiiy matnni tarjima qilish qobiliyatini oshirish, qiyosiy adabiyoshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi bilimini oshirish hamda stilistik va pragmatik vositalarni chuqur o‘rganish uchun xizmat qilgan;
G. Beys badiiy uslubining ekspressiv-stilistik, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari aniqlanib, yozuvchining estetik, hissiy, mantiqiy va ma’naviy tuyg‘ularini tasvirlashda badiiy qahramonlarinining o‘ziga xos insoniy, tafakkurli, emotiv kabi ma’naviy va g‘oyaviy xususiyatlari ochib berilgan tavsiyalardan Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 6-sentabrdagi 2437/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida yozilgan badiiy asarlarni o‘qish va tarjima qilish, asliyat va tarjima matnni qiyoslash hamda turli pragma-stilistik vositalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan til aspektlari amaliyoti va adabiyoshunoslik fani innovatsion texnologiyalar orqali takomillashtirilgan;
G. Beys asarlarining g‘oyaviy-falsaviy mazmuni, xususan, do‘stlik, xayrixohlik, g‘amxo‘rlik, ko‘mak, samimiylik va his tuygularning befarqligi kabi ijobiy mavzular hamda baxillik, ochko‘zlik, xudbinlik, jismoniy befarqlik, ma’naviy qashshoqlik va yolg‘izlik kabi salbiy mavzulardan iboratligi isbotlangan xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 6-sentabrdagi 2434/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi insoniy boyliklarni badiiy asarda yoritish tadqiqiga pragma-stilistik yondashuvni qo‘llash, asl matnni ingliz tilidan boshqa tillarga tarjima qilishda turli ekspressiv-stilistik vositalardan foydalanish hamda badiiy matnning pragmatik mazmunini tarjima matnida yoritish mexanizmini qo‘llash, chet tilini o‘rgatishda badiiy matnni muvofiqlashtirish imkonini bergan;
G. Beys hikoyalarining asl nusxalari va tarjimalarini taqqoslash asosida ular orasidagi gaplarning tuzilishi va tarkibidagi tovushlarning yaratilishida tabiiy tanlangan fonetik vositalarining nomuvofiqligi hamda so‘z va so‘z birikmalarining ekspressiv-stilistik ifodalanishidagi nomuvofiqliklar aniqlangan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati “STV” telekanalining yoshlar hayotiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy dasturlar tayyorlash ssenariysida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-maydagi 30/05/02-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari ommaviy tarzda ko‘plab insonlarning badiiy asarlarni o‘qish qobiliyatini oshirish, badiiy usullarni o‘rganish va tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirishga, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish hamda ingliz tili va adabiyoti bo‘yicha bilim darajasini oshirishga xizmat qilgan.