Sattorova Feruza Elmurodovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida muloqot pragmatik kompetensiyasi va uni rivojlantirishning lingvodidaktik muammolari”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1543. 
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.FiL/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora O‘rinboyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tuxtayeva Qo‘ysin Davlatovna, filogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda muloqot pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishga yo‘naltirilgan lingvodidaktik ta’minotlar majmuining nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ kompetensiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri pragmatik kompetensiya tushunchasi ilmiy-metodik jihatdan asoslangan hamda ingliz tili mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarda kompetensiyaning bu turini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot deduktiv metod – pragmatik bilimlar ochiq ifodalangan ko‘rsatmalar bilan o‘qitish shakllarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonida pragmatik qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar tizimini ishlab chiqishda autentik materiallarning pragmatik xususiyatlari aniqlanib, pragmatik kompetensiyani shakllantirishda hayotiy vaziyatlarni taqazo etadigan vazifaviylik tamoyili asosida til o‘qitishga (TBLT-task-based language teaching) asoslangan turli nutq aktlari qo‘llaniladigan mashqlar tizimi takomillashtirilgan;
CEFR talablarini inobatga olgan holda va pragmatik kompetensiyaning nazariyasiga tayanib bu kompetensiyani rivojlantirishning metodologik asoslari va baholash mezonlari kabi tushunchalar dalillangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetentligini shakllantirishda tillararo pragmatik universallik mavjud bo‘lmagan vaziyatda pragmatik interferensiyaga olib keladigan holatlarning yuzaga kelishi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida pragmatik qobiliyatini rivojlantirish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetentligini shakllantirishdagi mavjud muammolar aniqlanib, ularga yechim sifatida tavsiyalar ishlab chiqilib, madaniyatlararo muloqot vaziyatida yuzaga keladigan pragmatik interferensiya va noqulayliklarni ajratish va bartaraf etish borasida o‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetentligini oshirishda pragmatik qobiliyatning ahamiyati hamda shakllantirish imkoniyatlari Umumyevropa CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) standarti talablari asosida aniqlash orqali erishilgan ma’lumotlardan hamda mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 25-maydagi 1318/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi talabalariga madaniyatararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetentligini shakllantirishdagi mavjud muammolar aniqlanib, ularga yechim sifatida ishlab chiqilgan tavsiyalardan hamda nutqning funksional tomonini to‘ldiradigan pragmatik qobiliyatning nutqdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 27-maydagi 01-11/201-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv to‘g‘ri muloqot qoidalari, mavjud vaziyatda munosib gapirish, yoki boshqa birovning so‘zlashidan maqsadini tushunishda pragmatik bilimlar chet tilida to‘liq kompetent bo‘lishda zaruligi haqida aniq fikrlar bilan boyigan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining turli pragmatik vazifalarni bajaruvchi til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari kommunikativ maqsad turlari bilan bog‘liqligi haqidagi xulosalardan Umumyevropa CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) standarti talablari asosida aniqlash orqali erishilgan ma’lumotlardan hamda mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 25-maydagi 1318/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi mazkur fanlarning o‘qitilish sifati va samaradorligi, talabalarning nutqning ijtimoiy mohiyatini anglashiga va o‘quv materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish